Shaxsiy tajriba: 526 dollarga Tbilisi bo‘ylab bir haftalik mustaqil sayohat

Afisha Media kompaniyasining video-operator va montaj ustasi Iskandar Mirzaxmedov Gruziyaga sayohat qildi va u mustaqil sayohat qilishning afzalliklari, pulni taqsimlash va tejash, shaharda nimalarga e’tibor berish mumkinligi haqida batafsil so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2024-yil yanvar oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 27 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 27%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Turkiye Burslari grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr, magistratura hamda PhD uchun hujjat topshirishlari mumkin.Qabul qilinganlarning barcha xarajatlari qoplanib, oylik stipendiya ajratadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Akmal Paizievning ryukzagida nima bor?

Bu safargi materialda “Express24” va “MyTaxi” loyihasi asoschisi Akmal Paiziev bilan suhbatlashdik.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari biroz oshdiю
    Dekabr oyida mamlakat zaxiralari $1,6 mlnga ko‘payib, $34,56 mlrdni tashkil etdi.
  2. O‘zbekistonga birinchi chiqindi tashuvchi elektromobil olib kelindi
    U dastlab Jizzaxda sinovdan o‘tkaziladi. Elektromobil to‘liq quvvatda 300 kilometr masofani bosib o‘tib, 3 tonnagacha yukni ko‘tara oladi.
  3. 1-martdan sayyohlik agentliklari litsenziya va $15 ming depozitdan ozod qilinadi.
    Bundan tashqari, yuridik shaxslar o‘z avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylarini mustaqil tanlashlari mumkin bo‘ladi.
  4. Jahon banki O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha o‘rta muddatli prognozni yomonlashtirdi.
    Xitoyda o‘sish sur’atlarining sekinlashishi va Rossiyadan pul o‘tkazmalarining qisqarishi Markaziy Osiyoga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
  5. O‘zbekiston import qilingan elektrotexnika mahsulotlari sertifikatlarini qayta tekshiradi.
    Hukumat 2021−2022 yillarda Qozog‘istondan olib kelingan maishiy texnikalarni shubhali deb hisoblaydi.
  6. Ayrim fuqarolar uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi.
    Shuningdek, bir oy davomida amalga oshirilgan xaridlar qiymatining 20,4 mln so‘mgacha qismidan 1%i fiskal cheklar soliq organlari ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda qaytariladi.
  7. Yevroosiyo Bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.
    Markaziy bank aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
  8. Hukumat maishiy texnika importiga antidemping bojlarini joriy qilishi mumkin.
    Elektrotexnika sohasidagi soliq va bojxona imtiyozlarini 2027-yilgacha uzaytirish taklif qilinmoqda.
  9. Ekologiya vazirligi Toshkentda AI-80 benzini va mazutni taqiqlashni taklif qilmoqda.
    Havoni tozalash uchun elektromobillarga o‘tishni rag‘batlantirish, qurilish va transport harakatini cheklash ilgari surilgan.
  10. Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
    2027-yilgacha elektrotexnika mahsulotlari savdosidan tushgan tushum miqdori umumiy tushumining 80%idan kam bo‘lmagan korxonalarga foyda va mol-mulk solig‘i stavkalari pasaytiriladi.