“Disney” Kaliforniyadagi istirohat bog‘i yaqinidagi “Disneylend” mehmonxonasi xodimlariga kam maosh bergani uchun sudga tortildi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Orinj okrugi Oliy sudiga berilgan da’voda mehmonxona ishchilariga qo‘shimcha ish haqi to‘lanmagani va ularga ish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar sotib olingan xarajatlar uchun kompensatsiya berilmagani aytiladi.

“Kaliforniya shtati mehnat qonunchiligiga binoan, o‘z vositalaridan foydalanishga majbur bo‘lgan xodimlar eng kam ish haqining ikki baravarini olishlari kerak”, deyiladi shikoyatda.

Texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarga to‘rt soatdan ortiq smenalar uchun bir soatlik tanaffus ham berilmagan va natijada ular tushlik tanaffusi uchun nafaqalarni yo‘qotib qo‘yishgan, deyiladi “The Hollywood Reporter” avvalroq e’lon qilgan da’vo arizasida.

Bundan tashqari, “Disney” shuningdek, ularning ish haqi to‘g‘risidagi yozuvlari haqida aniq ma’lumotlarni taqdim eta olmadi.

Kaliforniya qonuni shtat ish beruvchilaridan mehnat kodeksining 12 ta maxsus bandini, shu jumladan ishlagan soatlarining aniq qaydini o‘z ichiga olgan ish haqi varaqlarini taqdim etishni talab qiladi.

Da’vogarlar kamida $1 mlnlik ish haqi qarzini va to‘rt yillik nafaqalarni qoplashni talab qilmoqdalar, bu shuningdek, hakamlar hay’atining sudlovini talab qilishni o‘z ichiga oladi.

“Disney” o‘z ishchilariga kam maosh to‘laganlikda birinchi marta ayblanayotgani yo‘q.

2019-yil dekabr oyida “Disney"ni erkak va ayol xodimlar o‘rtasida ish haqini kamsitishda ayblangan.

Sudya “Disney"da vitse-prezidentlik darajasidan past lavozimlarda ishlagan bir guruh ayollarni kamsitganligini aniqladi. Ular kompaniyaning kino ishlab chiqarish bo‘limi, ovoz yozish yorliqlari, tematik bog‘lar va boshqa bo‘linmalarida ishlaydi.