13-mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, belgilangan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jarimalar quyidagicha belgilanadi:

  • fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha — 3,4 mln-5,1 mln so‘m;
  • mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha — 6,8 mln-8,5 mln so‘m.

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli yong‘in sodir bo‘lganda, buning uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bunda yong‘inning uy-joy fondida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi, o‘zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmasa mazkur tartib amal qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach — 14-iyundan kuchga kiradi.

Hukumat qarori bilan, ayrim joylarga yong‘in nazorati organlarining xulosasi olinmasdan ruxsatnoma berish taqiqlanishi belgilangan. Bunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan joylardan foydalanish nazarda tutilgan.