Rossiyada 2030-yilga kelib, barcha hududlarda 5G tajriba zonalari paydo bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi.

1 mlndan ortiq aholisi bo‘lgan 16ta shaharda beshinchi avlod tarmoqlarida xizmat ko‘rsatadigan tijorat tarmoqlari ishga tushirilishi reja qilingan.

“Olti yildan so‘ng, Rossiyaning har bir mintaqasida beshinchi avlod tarmoqlarining sinov zonalari joylashtirilishi kerak”, — dedi Raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Ugnivenko.

“2030-yilgacha Rossiyaning har bir subyektida uchuvchi zonalar paydo bo‘lishi kerak va 1 mlndan ortiq aholisi bo‘lgan 16 shaharda beshinchi avlod tarmoqlarida xizmat ko‘rsatadigan tijorat tarmoqlari paydo bo‘lishi kerak”, — deya qo‘shimcha qiqldi u.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari uzoqdagi sensorlarni boshqarish va inson ishtirokisiz masofadan turib ma’lumotlarni to‘plashni ta’minlash uchun yagona “IOT” tarmog‘ini yaratish niyati haqida gapirdi.

Tarmoq “katta ma’lumotlar"ni yagona infratuzilmaga to‘plash, qayta ishlash, yangi ma’lumotlarni olishga yordam beradi. To‘plangan ma’lumotlar infratuzilmani bashorat qilish va xavfsizligini ta’minlaydi.


Avvalroq “Spot” Avstraliya 3G tarmog‘ini butunlay o‘chirishi mumkinligi haqida yozgandi.

Tarmoqning uzilishi abonentlarning qo‘ng‘iroq qilish, matnli xabarlar yuborish va barcha aloqa funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yo‘qotishiga olib kelishi haqida ogohlantirildi.