“Telegram” raqamli mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov uchun “Stars” nomli ichki valyutani ishga tushirishga tayyorlanmoqda. “Telegram Marketing” kanali bunga e’tibor qaratdi.

Bu qaror “Apple” kompaniyasining yaqinda ichki to‘lovlar uchun botlardan foydalanish tufayli “App Store” siyosati buzilishi haqidagi ogohlantirishiga javoban amalga oshirildi.

“Stars” valyutasini foydalanuvchining operatsion tizimiga qarab “App Store” yoki “Google Play” orqali xarid qilish mumkin.

Xarid qilinganidan so‘ng, foydalanuvchilar bot va mini-ilovalarda xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun valyutadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

12-iyundan boshlab bot va mini-ilovalardagi barcha foydalanuvchi to‘lovlari faqat Stars yordamida amalga oshiriladi.

Ishlab chiquvchilar TON kriptovalyutasi ko‘rinishidagi mablag‘larni yechib olishlari mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Telegram"da heshteglar yordamida qidiruv funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi. Yangi funksiya haqida messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.