O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori 2024-yil iyul oyida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi, bu esa iyun oyida faollik pasayganidan keyin tiklanishdan dalolat beradi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, iyul oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 23 mingta bitim ro‘yxatga olingan, bu iyun oyiga nisbatan 13,6%ga ko‘pdir.

Biroq, 2023-yilning iyuliga nisbatan bitimlar soni 7,4%ga kamaydi.

iyul, ko'chmas mulk bozori, tahlil, uy-joy ijarasi

Hududlar bo‘yicha eng katta o‘sishi Sirdaryo (53%), Jizzax (31,5%)va Andijon (27%) viloyatlarida kuzatildi.

Respublikaning ayrim hududlarida sotishning umumiy o‘sishiga qaramay, yillik ko‘rsatkichlarda faollikning pasayishi qayd etildi.

Eng sezilarli pasayish Buxoro viloyatida 27,4%ga, Toshkent viloyatida 21%ga va Navoiy viloyatida 18%dan ortiq kuzatilmoqda.

Toshkentda uy-joy ijarasi

Iyul oyida Toshkentda ijara narxining pasayish sur’ati pasayib, 0,6%ni tashkil etgan bo‘lsa, bir oy avval ijara narxining pasayishi 1,2%ni tashkil etgan edi.

Poytaxtda ijaraning o‘rtacha narxi 1 kvadrat metr uchun $8,2ni tashkil etdi. O‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan ijara haqi 5,4%ga kamaydi.

O‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan narxlarning eng ko‘p pasayishi Yashnobod tumanida — qariyb 13%ga, Yunusobod tumanida 11%ga va Mirzo Ulug‘bek tumanida 9,1%ga kuzatildi.

Ikkilamchi uy-joy bozori

Respublikada ikkilamchi uy-joy narxlari iyun oyiga nisbatan 0,4%ga oshdi. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joy narxlari respublikada o‘rtacha 8,2%ga o‘sdi.

Ushbu segmentdagi uy-joy narxlarining sezilarli o‘sishi Xorazmda — 22,1%, Buxoroda — 17,7%, Qashqadaryoda — 13% va Toshkent- 12,2% viloyatlarida qayd etildi.

Oy davomida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlarining nisbatan o‘rtacha pasayishi qayd etilib, bu 1,4%ni tashkil etdi. 2023-yilning iyul oyiga nisbatan narxlar deyarli 6%ga o‘sgan.

Poytaxtning Uchtepa tumanida — 3,6%, Mirobod tumanida — 2,6%, Yashnbod tumanida — 2% va Olmazar tumanida — 2% narxlarning nisbatan katta pasayishi kuzatildi.