Silk Avia mintaqaviy aviatashuvchisi 16-maydan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab aviachiptalar narxi pasayganini ma’lum qildi.

Aviachiptalar tariflarining yangilanishi 13 ta asosiy yo‘nalishga ta’sir qiladi:

  • Toshkent-Samarqand: 291 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Namangan: 277 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Farg‘ona: 277 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Andijon: 306 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Buxoro: 320 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Termiz: 335 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Qarshi: 277 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Navoiy: 277 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Urganch: 437 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Sariosiyo: 393 ming so‘mdan;
  • Urganch-Buxoro: 437 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Shahrisabz: 277 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Qo‘qon: 277 ming so‘mdan.

Chiptalarni aviakompaniya saytida, Silk Avia mobil ilovasida, O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida hamda Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.

Avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mahalliy aviaqatnovlar uchun iqtisodiy-klass tariflar tizimini to‘liq yangilagandi.

Unga ko‘ra, amaldagi 10 ta tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan tartibda 4 ta tarif tizimi joriy etilib, maksimal tariflar pasaytirildi.