Roskomnadzor Instagram cheklovlarini bekor qilish ehtimolini tasdiqlamadi. Bu haqda TACC nashri xabar berdi.

Avvalroq OAV va Telegram kanallarida ijtimoiy tarmoq, shuningdek, YouTube videoxostingi Rossiya hududida qayta faoliyat boshlashi haqidagi ma’lumotlar tarqalgan edi.

“Cheklovlarni bekor qilish uchun hech qanday asos mavjud emas”, deya Roskomnadzor vakillari TACC agentligiga ma’lum qildi.

Instagram Meta Platforms korporatsiyasiga tegishli bo‘lib, mazkur kompaniya faoliyatini Moskva shahri Tver sudi 2022-yil 21-martdan boshlab ekstremistik deb topgan va Rossiya hududida taqiqlagan.

Keyinroq Facebook va Instagram Rossiya OAVlarini senzura qilgani uchun Bosh prokuratura talabiga ko‘ra bloklandi.

Avvalroq Instagram va Facebook sanksiyalar bekor qilinganidan keyin ham Rossiyaga qaytmasligi haqida xabar berilgandi.

AQSh bilan munosabatlar yaxshilashganiga qaramay, Rossiya Instagram va Facebook kabi platformalarni blokdan chiqarmaydi.

Telegram-kanalning yozishicha, Meta kompaniyasi hech bo‘lmaganda Rossiya huquqiy tizimiga qo‘shilishga tayyorligini bildirishi kerak.

Deputat Sergey Boyarskiyning aytishicha, mamlakatda allaqachon o‘zining raqobatbardosh platformalariga ega, G‘arb kompaniyalari esa xatolarini tuzatishga intilmayapti.

Bundan tashqari, serverlar, ma’lumotlar sizib chiqishi va senzura bilan bog‘liq hal qilinmagan masalalar hali ham mavjud. Meta qoidalarga muvofiq ish olib borish istagini bildirmaguncha, uning blokirovkadan chiqarilishi mumkin emas.

Avvalroq Instagram Rossiya hududida ma’lum talablarga rioya qilgan holda faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Davlat dumasi vitse-spikeri Boris Chernishov bunday imkoniyat qanday sharoitlarda yuzaga kelishi mumkinligi haqida qayd etdi.

Uning qayd etishicha, agar platforma rahbariyati TikTok’ning AQShdagi tajribasini takrorlashga qaror qilsa, Instagram Rossiyada qonuniy faoliyatini qayta boshlashi mumkinligini ta’kidladi.

Gap Instagram’ning 50%lik ulushini rossiyalik investorlarga sotish imkoniyati haqida bormoqda.Chernishov agar bunday kelishuv amalga oshsa, ijtimoiy tarmoq Rossiyada yana faoliyatiga ruxsat berilishi mumkinligini aytib o‘tgandi.