Avvalroq Spot 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Avazada O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etgani haqida yozgandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov yuqori darajadagi uch tomonlama uchrashuv yakunlari yuzasidan O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hozir [O‘zbekistondan] Turkmanistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q. Bugun biz hujjatni imzoladik va yaqin kelajakda ularni mamlakatlarimiz o‘rtasida ishga tushirish imkoniyati paydo bo‘lad”, — dedi Transport vaziri.
Kecha bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv yakunida transport vaziri Ilhom Mahkamov va Türkmenhowaýollary (Turkmenistan Airlines) davlat xizmati raisi Dovran Saburov fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.
2017-yilning yozida Turkmaniston aviakompaniyasi yil oxirigacha Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan edi.
Uzbekistan Airways va Turkmaniston aviatashuvchisi Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish va bort oziq-ovqati bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar imzolagan.
2021-yilda Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev ikki mamlakat transport vazirliklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia aloqalarni tiklash masalalarini ko‘rib chiqishiga kelishib olishgan.
Avvalroq Spot O‘zbekiston Turkmaniston va Ozarbayjondan kemalar sotib olishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.