Taqdirlash marosimi Singapurda bo‘lib o‘tdi. Unda dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq yirik banklar ishtirok etdi. Bu mukofot Asakabankning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi faol roli hamda xalqaro hamkorlikdagi muvaffaqiyatini yana bir bor namoyon etdi.
OTB bilan uzoq yillik samarali hamkorlik, savdoni moliyalashtirish hajmini muntazam oshirib borish va mijozlarga qulay hamda zamonaviy moliyaviy yechimlarni taqdim etish ushbu yutuqning asosiy omillari hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, Asakabank ushbu nufuzli mukofotga ketma-ket uchinchi marta sazovor bo‘ldi. Bu bankning xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlab borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shuningdek, bu mukofot Asakabankning nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki xalqaro moliya maydonida ham o‘z nufuzini yuksaltirib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Asakabank — xalqaro hamkorlikni kengaytirib, mijozlarga yanada samarali xizmat ko‘rsatish uchun bor kuch va g‘ayratini safarbar etishga hamisha tayyor.
Reklama huquqlari asosida.