O‘zbekistonda team lead: u kim va nima ish qiladi?

Uzum timlidi Vorisxon Fayzullayev Spot’ga bergan intervyusida jamoa yetakchisi qanday vazifalarni bajarishi, jamoa bilan ishlashda nimalarga e’tibor berishi hamda SI’ning sohadagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun qator imtiyozlar joriy etiladi — prezident qarori

Unga ko‘ra, 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarning farzandlarining kontrakt summasini to‘lashda, shuningdek, uy-joy olishda yordam ko‘rsatiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Go‘sht, gaz va aviareyslar: O‘zbekistonda yil davomida nimalar qimmatlashdi?

Yillik hisobda eng ko‘p suyaksiz mol go‘shti, nikoh uzugi hamda ichki aviaqatnovlar narxi oshdi. Davlat OTMlarida o‘qish hamda mobil internet uchun to‘lovlar o‘zgarishsiz qoldi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yangi Toshkentda qiymati $100 mlnlik futbol stadioni qurilishi boshlandi

Stadion 2027-yili O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun qurilmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Toshkent-Sharqiy xalqaro aeroportiga Toshkent-Humo deb nom berildi.
    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi aeroportning birinchi mehmoni bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev u bilan muzokara o‘tkazdi.
  2. Pavel Durovga Fransiyani erkin tark etishga ruxsat berildi — OAV
    Unga nisbatan qo‘llanilgan chet elga chiqishni taqiqlovchi va Nitssa politsiya bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishni talab qiluvchi choralar bekor qilingan.
  3. O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab mustaqil ravishda bank kartasini olish mumkin bo‘ladi.
    Shuningdek, Markaziy bank yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun biznes-kartalarni joriy etadi.
  4. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5% dan pasaydi.
    Mehnat resurslari 20,35 mln nafarga, iqtisodiy faol aholi esa 15,57 mln nafarga yetdi. Ishsizlar soni jami 760 ming kishini tashkil etmoqda.
  5. Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi joriy etiladi.
    Shuningdek, prezident farmoni bilan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi.
  6. Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi.
    Banklarning rasmiy saytlarida maʼlumotlar davlat tili va oshkor etish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilmagani aniqlandi.
  7. Islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi.
    Hujjatga ikkinchi o‘qishda moliyaviy standartlar va investitsiya depozitlari tamoyillari bo‘yicha o‘zgartishlar kiritildi.
  8. O‘zbekistonda ikkita elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l quriladi.
    Shu bilan birga, shaharlar atrofida qatnaydigan poyezdlar harakatini faollashtirish uchun 15 ta yangi yo‘nalish tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
  9. Tibbiyot muassasalariga yo‘llanmasiz murojaat qilganlarga pulli xizmat ko‘rsatiladi.
    Kafolatlangan bepul xizmatlardan tashqari barcha qo‘shimcha tibbiy xizmatlar pulli amalga oshiriladi.
  10. Endi ish vaqtidan tashqari mehnat uchun kamida 1,5 baravar to‘lanadi.
    Ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi bo‘yicha talab chiqarib tashlandi.