Ilon Mask X’da foydalanuvchi nomlarini sotishni boshladi. X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) Premium+ tarifi obunachilari uchun taxalluslar marketpleysiga kirish imkoniyatini ochdi.
Engadget xabar berishicha, dastur ishtirokchilari faol bo‘lmagan hisoblar egallab turgan ismlarni olish uchun so‘rov yuborishlari mumkin.
Platforma mavjud nomlarni ikki toifaga ajratgan: noyob va ustuvor. X bir so‘z, jargon yoki minimal miqdordagi belgilardan iborat eng qimmatli nomlarni noyob toifasiga kiritadi.
Ochiq so‘rovlarga ko‘ra, @memelord, @phone, @gr0k va @AIchat kabi variantlar potensial mavjud bo‘lishi mumkin. Noyob ismlarni taqsimlash mexanizmi to‘liq ochib berilmagan.
Ularning bir qismini “xizmatlar” mezoni asosida arizalarni saralab, ommaviy tarqatish orqali o‘ynash rejalashtirilgan. Eng talabgor nomlarni esa taklif asosida $2,500 dan yetti xonali summalargacha narxlarda sotish ko‘zda tutilgan.
Olingan nomni saqlab qolish uchun X faollikka qat’iy talablar qo‘ydi: foydalanuvchilar muntazam ravishda kontent joylashlari, o‘zaro aloqalarda (javoblar, repostlar, muhokamalar) ishtirok etishlari va 30 kunda kamida bir marta hisobga kirishlari shart. Agar ushbu shartlar buzilsa, platforma nomni qaytarib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Avvalroq X ijtimoiy tarmog‘i 4K video yuklashni sinovdan o‘tkazishni boshladgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, bu funksiya tez orada barcha premium obuna egalariga taqdim etiladi.

