Yil yakunlari: joriy yilda dollar kursi qanday o‘zgardi va 2026-yilda nimalar kutilmoqda?

Iqtisodchi Otabek Bakirov Spot’ga bergan intervyusida so‘mning mustahkamlanish sabablari, uning narxlar va budjetga ta’siri haqida gapirib, dollar kursi bo‘yicha prognozi bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Koreyada GKS granti asosida ta’lim olayotgan Aysulu Piryarova hikoyasi

Aysulu GKS grantini qo‘lga kiritish jarayoni, buning uchun zarur hujjatlar hamda grant taqdim etadigan imkoniyatlar, shuningdek, Koreyadagi hayot haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yil yakuni: 2025-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan xorijiy kompaniyalar

Spot yil davomida O‘zbekiston bozoriga kirgan, kirishni rejalashtirayotgan hamda bozorni tark etgan kompaniyalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Humans foydalanuvchilari puli o‘g‘irlanishi ortidan Markaziy bank ilova orqali o‘tkazmalarni to‘xtatdi. Holat yuzasidan tezkor tekshiruv boshlandi, barcha tranzaksiyalar va texnik jarayonlar o‘rganilmoqda.
  2. Telegramdagi Wallet kripto-hamyonlari O‘zbekistonda rasman ishga tushdi.
    Foydalanuvchilar mahalliy kartalardan bitkoinlar, USDT va yana 200 dan ortiq kriptovalyutalarni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
  3. O‘zbekistonda og‘ir vaznli transport harakatini mavsumiy cheklash rejalashtirilmoqda.
    Prezident yuk avtomobillari vaznini nazorat qilish uchun 35 ta ko‘chma va statsionar nazorat-o‘lchov maskanini barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.
  4. O‘zbekistonda Formula-1 poygalarini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
    Prezident FIA prezidenti bilan mamlakatda avtosport infratuzilmasini yaratish, poygachilarni tayyorlash va Formula-1 musobaqalarini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.
  5. Oziq-ovqat narxlari barqarorligi uchun doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi.
    Adir yerlar qiymatining 1%i bilan auksionda sotiladi, g‘oliblar esa bu yerlarni qayta ijaraga berishi va ijara huquqini bepul rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
  6. 1-apreldan avtomobil va ko‘chmas mulk uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi.
    25 mln so‘mdan yuqori qiymatdagi tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar ham to‘liq naqdsiz shaklga o‘tkaziladi.
  7. 1-iyuldan savdo va xizmat ko‘rsatishda yagona QR-kodli to‘lov majburiy bo‘ladi.
    Yagona QR-koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
  8. Hyundai Rotem O‘zbekistonga yuqori tezlikdagi poyezdlarining birinchi partiyasini jo‘natdi.
    “Jaloliddin Manguberdi” nomli poyezdning birinchi partiyasi yetti vagondan iborat bo‘lib, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga yetkazilishi kutilmoqda.
  9. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar nomiga avtomobil olib kirish qisqartirilishi mumkin.
    O‘zstandart, ISSV hamda Bojxona qo‘mitasi yengil avtomobillar importida yuridik shaxslar uchun notarif choralarni soddalashtirish bo‘yicha hukumat qarorini ishlab chiqadi.
  10. O‘zbekistonda metan “zapravka"lar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilmoqda.
    Bunga qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqarishi sabab bo‘ladi.
  11. Toshkent va 15 ta hududda dorilar elektron retsept bo‘yicha berila boshlandi.
    Kelasi yil yakuniga qadar mamlakatdagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari elektron retsept tizimi bilan qamrab olinadi.
  12. “Yomg‘ir tufayli shamol ham, quyosh ham bo‘lmadi” — Energetika vaziri elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida.
    Cheklovlar kiritilishiga Sirdaryo IES rotoridagi nosozlik va qo‘shni davlatdagi avariya tufayli yuzaga kelgan gaz tanqisligi sabab bo‘lgan.
  13. Gazlashtirilmagan uylar uchun elektr energiyasi tariflari 50% ga pasaytiriladi.
    Isitish mavsumida pasaytirilgan tariflar 2000 kVt⋅soatgacha, yilning boshqa vaqtlarida esa 1000 kVt⋅soatgacha isteʼmol qilinganda amal qiladi.
  14. Analgin, sitramon va teraflyu. Qanday dori vositalari retseptsiz beriladi? Ro‘yxat.
    Boshqa dorilar orasida suprastin, paratsetamol, insti, strepsils, doktor mom, miramistin hamda yod va spirt mavjud.
  15. Burger Kingning O‘zbekistondagi ilk restorani 16-dekabrda ochiladi.
    Muassasa Alpomish muz saroyida joylashadi. Shuningdek, brendning Tashkent City Mall savdo markazi va Seoul Mun hududida ham filiallari ochiladi.