Avvalroq O‘zbekistonda qariyb 13 ming nomdagi dori vositalari uchun elektron retseptlar berilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kundalik va favqulodda maishiy vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam olish uchun shifokor retseptisiz beriladigan asosiy hayotiy dori vositalarining bazaviy ro‘yxatini shakllantirdi.

Ro‘yxat xalqaro amaliyot, shifokorlar tavsiyalari va hayotiy holatlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda vazirlikning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilingan. Ro‘yxat amaliy qo‘llanish natijalari va takliflar asosida aniqlashtirilishi hamda to‘ldirilishi mumkin.

Jami 1846 turdagi retseptsiz beriladigan dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi talab yuqori bo‘lgan 389 ta dori ro‘yxatini taqdim etdi. U bilan havola orqali tanishish mumkin.

Spot tanishgan ro‘yxatga ko‘ra, aksariyat preparatlar tarkibida paratsetamol mavjud. Keyingi o‘rinlarda askorbin kislotasi/S vitamini, fenilefrin, xlorfenamin va kolesalsiferol/D3 vitamini turadi.

Kimyoviy nomi
Hammaga ma’lum nom
Metamizol natriy
Analgin, Baralgin
Xlorpiramin
Suprastin
Atsetilsalitsil kislotasi
Aspirin, Upsarin
Nitrofurall
Furatsillin
Laktuloza
Dufalak
Povidon-yod
Betadin
Ixtamol
Ixtiol moyi (“Ixtiolka”)
Kolekaltsiferol
D vitamini, Aquadetrim
Desloratadin
Erius, Edem
Loratadin
Klaritin
Amilmetakrezol
Strepsils (tomoqqa so‘riladigan pastilka)
Askorbin kislotasi
S vitamini
Rutozid + Askorbin kislota
Askorutin
Paratsetamol + Fenilefrin
Teraflyu, Koldreks, Taylol Hot
Balsamik liniment
Vishnevskiy maz
Ksilemetazolin
Galazolin, Ksilen (burun tomchisi)
Bisakodil
Bisakodil (kuchli ich ketkazuvchi)
Vodorod peroksidi
Vodorod peroksidi (kislorodli suv)
Diosmektit
Smekta
Drotaverin
No-Shpa
Pankreatin
Mezim, Festal
Loperamid
Imodium
Xlorheksidin
Xlorheksidin (suvli antiseptik)

To‘liq ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin:

Kategoriya
Savdo nomi
Allergiyaga qarshi vosita
Suprastin, Diazolin, Allergozan, Mer Loratad, Dezradin, Loraneks, Suprastineks, Edem, Ergoferon, Lordec, Alergolik, Allergastin, Lambrotin, Klaritin, Alilord, Loratadin, Mer Zodek, Alledermin, Dezloratadin, Eslotin, Erius, Ebastin Aristo, Fenkarol
Shamollash va grippga qarshi
Gripp Aktiv, Vraggripp, Avirol C Nika, Kombigripp, Antigrippin, Grippomiks, Zupa, Flyukold Forte+Vit C, Avirol C, Krek-Flyu, Gripoff, Doktor Mom, Zvezdochka Flyu, Insti, Aligripp, Vraggripp Zing, Zukamu, In-Gripp, Romidon, Loringosept, Taikold, Boleks Kold i Flyu, Insti dlya deti, Insti bez saxara, Vraggripp Kid, Flyukold, Fen-Fen, Oznobin Xot, Vraggripp-P, Stopgripan, Rinomaks Xot Effekt, Flustop Aktiv, Boleks Xotrem, Tai Kold, Rinomax Xot, Tetraflyu Xot, Novi Gripp, Ultraflyu, Febril, Deksaflyu, Inomed Xot, Taylol Xot C, Insti Maks, Aflumed, Fruktozali Grippomiks, Anvimaks, Aflyukold, Svikolif, Respikur, Velti, Instmer, Sitoflyu, Loringosept-Smp, Orvikold, Antiflu Kids
Jig‘ildon qaynashi
Almagel, Almagel A, Maaloks, tabletki pechayevskiye ot izjogi, Almagel Neo, Refkon Advans, Aylayk, Alyuzid, Refasid, Gastal
Vitamin va polivitaminlar
Askorutin, Asvikap-Lik, Shipovnika ploda, Neovit B6, Askorbinovaya kislota, Folispey, Vitamin E-Lik, Torivit, Ayevit-Lik, Pantogar, Nutri-D3, Zenvit, Benevron BF, Enat, Revit, D-Vit Lamira, Undevit, Kolefer, Volvit, Geksavit, Akvadetrim Vitamin D3, Vitarich, Ayevit, Polijen, Pikovit, Sanovit, Sevikap, Magnikum, Viona Prenatal Forte, Askotsin, Vitamin A-Lik, Vitamin D3, Vitamin D3 Krka, Sinkovit, Bisnova, Detritol, D3-Kaps, Vitamin E-WM, D3-Kaps Ultra, Novevit-D, D3-Vit, Rotafer Kids, Alprovin Plus, D3-Kaps Maksima, Elevit Pronatal, Devit-3, Rivishan, Nazo B12, Neyromed, Sandrop D3, MV6, O-252 layf faktor, Askorutin, Koledan, Aevit, Vitamin E, D-Kaltsin, Askorutin SMP, Vitamin E-lik,Ginsomin eva, Elkartin, B12 Ankermann, Detrivell babay, Emfetal
Surgi vositalari
Dyufalak Mama & Baby, Senamax, Dyufalak, Laktuloza, Senadeksin, Kastorovoe Maslo-Lik, Senadeksin SD, Peristalid, MR Bisakodil, Kastorovoe Maslo, Likoslab-Lik, Saludaks, Radireks, Bisakodil-Nijfarm, Bisakodil, MR Glitserin, Guttalaks, Vazelinovoe maslo-Lik, Glitserin, Moviprep, Legkolaks, Ispaxask Apelsinoviy, Glitserin-Lik, Dyufalaktuloza, Glitselaks, Faro-Laks, Bisokadil-SD, Glitserin SD, Laks, Sviftolak, Pikolaks, Bisakodil SD, Movlon, Senadeksin SMP, Defilak
Og‘riq qoldiruvchi va isitma tushuruvchi
Paratsetamol, Taylol, Analgin, Mer Paratsetamol, Spazmalgon, Paratsetamol Dlya Detey, Taylol Plyus, Novaflam, Sitramon P, Tempalgin, Flustop, Trialgin, Trimol, Gripxot, Askofen-P, Bolnol Plyus, Taylolfen Xot, Teraflyu Pri Grippe I “Prostude”, Teraflyu Ekstra Limon Pri Grippe I “Prostude”, Solpadein Aktiv, Paratsetamol-Nika, Den I Noch, Bolnol Diyet, Trimolin-Sip, Paratsetamol-Ak, Otisfen, Para-Kids, Taylol 6-Plyus, Sitramon-Seem, Renalgan, Effekt Sip, Sitramon-P, Ibufast, Koldrilif, Fonipar, Rinomaks Kids, Fevalgan, Nodoril Forte, Nodoril Dolo, Upsarin Upsa, Paratsetamol·Bio
Antiseptiklar
Spirt Etiloviy Meditsinskiy, Yod, Vodoroda Perekisi, Miramistin, Salitsilovaya Kislota, Spirt Etiloviy Meditsinskiy 70%, Dekasan, Kalenduli Nastoyka, Bornaya Kislota, Geksidin Sd, Betadin, Perekis Vodoroda Rastvor 3%, Povidon-Yodin, Brilliantoviy Zeleniy, Ixtiolovaya-Mr, Septum, Ixtiol, Liniment Balzamicheskiy Po Vishnevskomu, Lyugolya Rastvor S Glitserinom, Boromentol, Grammidindetskiy, Klotrimazol, Siteal, Lizobakt, Pafesan, Debara-Vm, Depantol, Dermobakter, Pantesept, Debara, Teymurova Pasta, Kastelyan-Mf, Gidroperit, Xlorofillipt, Klotrimazol Sd, Ixtiolovaya Maz, Lyugs, Faringosprey, Strepsils, Strepsils S Vitaminom S, Strepsils Ekspress, Ingalipt, Furatsillin, Furatsilin, Xlorofillipt-Pcm, Dentorom, Toyedin Gino, Sirop Solodkovogo Kornya, Xlorgeksidina Biglyukonat, Betayodin, Elyudril Gé, Noveks, Toyedin, Kandid-B6, Anzibel, Bornaya Maz, Benzilor, Povidon-Yod, Furatsilin-Ak, Laringanol, Zott, Lorsept, Aluzan, Datelin, Kandivag Fresh, Bepanten Plyus, Septolete Total Evkalipt, Grammidin, Perekis Vodoroda-Bf, Angal Limon, D. Angisept, Lorbenin

Avvalroq Adliya vazirligi Smekta dori vositasining soxta ishlab chiqaruvchisiga 41 mln so‘m jarima solgani haqida xabar berilgandi.