Deputatlar yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Ushbu hujjat qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirishga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish nazarda tutilmoqda.
Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi davlat siyosatini yana-da takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, hujjat mahalliy zargarlik sanoatini rivojlantirish va qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani taʼkidlandi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
2025-yilning 1-sentabridan YTTlarga zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgandi.
Avvalroq Samarqand tumani tugatilib, shahar hududi kengaytirilishi haqida xabar berilgan edi.
