Moliyaviy sektorni raqamlashtirish jarayoni davom etayotgan va raqobat kuchayib borayotgan sharoitda “Kapitalbank” ATB 2025-yilni asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishonchli o‘sish bilan yakunladi. Bank nafaqat biznes hajmini oshirdi, balki o‘sish va xatarlarni boshqarishda muvozanatli yondashuvni namoyish etib, barqarorlikni saqlab qoldi.
Aktivlar va foyda
Bankning jami aktivlari 21,3% ga oshib, 57,08 mlrd so‘mni ($4,47 mln) tashkil etdi. Sof foyda esa 7,2% ga o‘sib, 1,93 mlrd so‘mga ($155,8 mln) yetdi. Bu rivojlanishning muvozanatli strategiyasi va sifatli risk-menejment natijasidir.
Depozitlar va mijozlar ishonchi
Yil davomida jismoniy shaxslar depozitlari hajmi 20,4% ga, yuridik shaxslarniki esa 22,4% ga oshib, mos ravishda rekord darajadagi 25,74 mlrd so‘m ($2,141 mln) va 19,46 mlrd so‘mni ($1,61 mln) tashkil etdi. Depozit bazasining o‘sishi mijozlar sodiqligi va bankning barqarorligini aks ettiradi. Bank ketma-ket ikkinchi yil mamlakatning mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatiga kiritildi.
Kredit portfeli va aktivlar sifati
Kredit portfeli 16,3% ga o‘sib, 36,75 mlrd so‘mni ($3,056 mln) tashkil qildi. Muammoli kreditlar ulushi 4,9% ni tashkil etib, bank sektori bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘ldi. Bu puxta o‘ylab chiqilgan kredit siyosati hamda portfelining yuqori sifatini tasdiqlaydi.
Rentabellik va samaradorlik:
- ROE — 28,9%;
- ROA — 3,7%;
- CIR — 35,8%.
Mazkur ko‘rsatkichlar bankning yuqori operatsion samaradorligi va sifatni yo‘qotmagan holda masshtablashtirish qobiliyatini tasdiqlaydi.
“2025-yil yakunlari biznes modelimiz barqarorligi va tanlangan rivojlanish strategiyamizning samaradorligini tasdiqlaydi. Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishi, yuqori rentabellikning saqlanishi va kredit risklarining nazorat qilinadigan darajada bo‘lishi kapitalni mustahkamlash, operatsion intizomni oshirish va bankni texnologik modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilgan tizimli ishlar natijasidir. Biz uchun nafaqat o‘sishni namoyish etish, balki moliyaviy barqarorlik va yuqori korporativ boshqaruv standartlarini saqlab qolish ham muhim. Biz buni nafaqat bank rivoji, balki O‘zbekiston bank tizimi va umuman iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissamiz deb bilamiz” — deydi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
Xalqaro e’tirof
2025-yilda uchta yetakchi xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATB biznes modelining barqarorligi va investorlar ishonchining oshganini e’tirof etdi:
- S&P bank reytingini “B+” dan “BB-” ga ko‘tardi;
- Moody’s esa o‘z bahosini “Ijobiy” prognozi bilan “B1” darajasiga oshirdi;
- Fitch Ratings bankning “B” darajasini tasdiqlab, prognozini “Ijobiy"ga o‘zgartirdi.
S&P ekspertlari fikriga ko‘ra, bankning Uzum ekotizimiga qo‘shilishi unga bozorda mijozlar bazasining va mahsulotlar qatorining kengayishi hamda raqamli xizmatlarning tez sur’atlarda rivojlanishi kabi raqobatbardosh ustunliklarni bermoqda.
Bank xalqaro miqyosdagi o‘rnini ham faol kengaytirmoqda. Sibos 2025 doirasida Frankfurt shahrida “Kapitalbank” ATB raqamli to‘lovlar, xalqaro hisob-kitoblar hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yechimlarni taqdim etib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini istiqbolli hamkor sifatidа mustahkamladi.
2026-yilga rejalar
2026-yilda “Kapitalbank” ATB barqaror o‘sish strategiyasini davom ettirib, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va biznesni moliyalashtirish hajmini kengaytirishga e’tibor qaratadi. Raqamli xizmatlarni rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash esa ustuvor yo‘nalishlar qatorida saqlanib qoladi. Shu bilan birga, bank jarayonlarni optimallashtirish va risk-menejmentni kuchaytirishni davom ettirib, mamlakat bank sohasining asosiy ishtirokchilaridan biri sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashi ko‘zda tutilgan.
Reklama huquqlari asosida.