Volvo batareyalarning yonib ketish xavfi tufayli 33,7 ming EX30 krossoverlarini chaqirib oladi. Bu haqda straitstimes nashri xabar berdi.
Qaytarib olish Xitoyning Sunwoda Electronic kompaniyasi yetkazib beradigan akkumulyatorlarning sifatiga taalluqli. Bu batareyalar tez quvvatlanganda yonib ketish xavfi mavjud.
Chaqirib olish kampaniyasiga 2025-yil noyabr oyida Braziliyadagi Volvo EX30 dilerlik markazida ro‘y bergan yong‘in sabab bo‘lgan.
Avtomobil butunlay yonib ketgan bo‘lib, uni o‘chirish uchun to‘rtta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilishi talab etilgan.
2024-yilda ham Volvo EX30 modelining dasturiy ta’minotdagi muammo sabab 70 mingdan ortiq eletromobillarini qaytarib olishi haqida xabar bergandi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi ma’lumotlariga ko‘ra, xatoni bartaraf etish uchun kompaniya dasturiy ta’minotni yangilash kerak.
“Holat bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar yoki jarohatlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.
Avvalroq Spot BYD 115 mingdan ortiq Tang va Yuan Pro seriyali avtomobillarni qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qaytarib olishga Tang modelining elektr dvigatelni boshqaruvchi elektron blokidagi xato, Yuan Pro modellarida esa yig‘ish jarayonida batareya bloki zichlagichi to‘g‘ri o‘rnatilmaganligi sabab bo‘lgan.
