Ilon Mask OpenAI va Microsoft’ni ChatGPT ishlab chiquvchisi doimo notijorat bo‘lib qoladi, deb chalg‘itganlikda aybladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Shu sabab tadbirkor jami $79 mlrddan $134 mlrdgacha tovon puli to‘lanishini talab qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, OpenAI notijorat “ildizlaridan” voz kechib, Microsoft bilan hamkorlik shartnomasini tuzgani orqali Maskni “aldagan”.
Maskning bergan da’vosida ta’kidlanishicha, tadbirkor hozirda qariyb 500 milliard dollar qiymatga ega bo‘lgan OpenAI kompaniyasidagi ulushga da’vogarlik qilishi mumkin.
Bunga sabab, uni “aldov yo‘li bilan” $38 mlrddan mahrum qilishgani bo‘lib, u bu mablag‘ni OpenAI tashkil etilayotganda sarmoya sifatida kiritgan edi.
2025-yil avgustida Mask ChatGPT’ni targ‘ib qilgani uchun Apple’ni sudga berish bilan tahdid qilgandi.
Uning ta’kidlashicha, App Store ataylab OpenAI’dan tashqari boshqa sun’iy intellekt kompaniyalari ilovalarini yuqori o‘rinlarga chiqarmayapti.
Maskning OpenAI bilan kelishmovchiligi bir necha yildan beri davom etib kelmoqda. U 2018-yilda direktorlar kengashini tark etgan, 2024-yilda esa kompaniya va shaxsan Altmanga qarshi da’vo qo‘zg‘atib, ularni dastlabki maqsadlaridan chetlashishda va OpenAI’ni Microsoft’ning yopiq “sho‘ba korxonasi"ga aylantirishda aybladi.
Avvalroq Centrum Air xatosi bilan Istanbulda qolib ketgan yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lab bergani haqida xabar berilgandi.
Aviakompaniyaning Istanbul-Namangan yo‘nalishidagi reysiga ortiqcha chipta sotilishi oqibatida parvozdan qolib ketgan yo‘lovchilarga 500 yevro kompensatsiya, tovon puli hamda qo‘shimcha imtiyozlar berildi.
