VERBA LEGAL Toshkent ofisi jamoasiga Ernest Xachaturyanning maslahatchi sifatida qo‘shilganini e’lon qildi. Ernest mahalliy sudlarda va xalqaro arbitrajda murakkab tijorat hamda korporativ nizolarni yuritadi, shuningdek bankrotlik tartib-taomillari va xorijiy sud qarorlarini O‘zbekistonda tan olish hamda ijro etish jarayonlarini yuritib boradi.
Ernest Xachaturyan litigatsiya sohasida 8 yildan ortiq tajribaga ega. U mahalliy va xalqaro mijozlar manfaatlarini himoya qilib, ish yuritish strategiyasini ishlab chiqishdan tortib sud va arbitraj jarayonlarining barcha bosqichlarida to‘liq hamrohlik qilishgacha bo‘lgan xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi. VERBA LEGAL jamoasiga qo‘shilishidan avval Ernest O‘zbekistonning yirik hamda xalqaro yuridik firmalarida faoliyat yuritgan.
“Ernestning jamoamizga qo‘shilganidan mamnunmiz — nizolarni hal etish amaliyoti VERBA LEGAL’ning yetakchi yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, mahalliy xususiyatlarni ichidan yaxshi biladigan hamkasblarning ekspertizasi biz uchun qadrli. Ernestning O‘zbekiston bozori haqidagi bilimlari va professional tajribasi mintaqadagi pozitsiyalarimizni mustahkamlaydi, deb ishonaman”, — dedi VERBA LEGAL boshqaruvchi hamkori va xalqaro ofislarni rivojlantirish rahbari Aleksandr Panov.
“VERBA LEGALning O‘zbekistondagi jamoasiga qo‘shilganimdan va Toshkent ofisining sud amaliyotini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratish imkoniyati berilganidan mamnunman. Bugungi kunda bozor litigatsiyadan nafaqat protsessual faollikni, balki ayniqsa murakkab tijorat va transchegaraviy nizolarda chuqur strategiyani talab qilmoqda”, — deya qayd etdi VERBA LEGAL maslahatchisi Ernest Xachaturyan.
VERBA LEGAL’ning Toshkent ofisi korporativ huquq va M&A, mahalliy va xalqaro sud nizolarini hal etish, bank va moliya huquqi, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari, shuningdek Markaziy Osiyoda yangi kapital bozorlariga chiqish kabi asosiy yo‘nalishlarda yuridik xizmatlar ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda Toshkent ofisi jamoasi 8 nafardan ortiq yuristni birlashtiradi.
Reklama huquqlari asosida.