Bir necha yillardan beri turli sohalarda biznes qurayotgan tadbirkorlar haqida hikoya qilib kelamiz. Ular orasida ayollar ham bor. Bu safar biz O‘zbekistondagi 20 ayol tadbirkor haqidagi ilhomlantiruvchi hikoyalarni bir joyga jamladik.
Biznes g‘oya: kitob do‘konini qanday ochish va bu biznes qancha daromad keltirishi haqida
Sohibjamol Kattayeva Spot’ga 500 mln so‘mga tushgan loyihasi, nashriyot ochish va yuritishdagi qiyinchiliklar, kitob do‘konini ochishga qancha mablag‘ ketishi haqida so‘zlab berdi.
Muvaffaqiyatsizlik qiymati: Nargis Mirzaahmedova $1 mlndan ortiq yo‘qotishlar va quruvchilardan ko‘rilgan zarar haqida
Bolalar va kattalar uchun ta’lim muassasalari, Karyera, Beshikdan karyera markazlari va Happy Time bolalar bog‘chasi hamda maktabining asoschisi va rahbari Nargis Mirzaahmedova o‘zining muvaffaqiyatsizliklari haqida ochiqchasiga so‘zladi.

AutoLady: matematika o‘qituvchisi qanday qilib Toshkentda ayollar uchun avtomaktab ochdi?
Durdona Muhiddinova ayollar uchun avtomaktab ochish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgani, bir yil ichida o‘z aylanmasini qanday qilib uch barobarga oshirgani hamda nima uchun bu biznesda moslashuvchanlik muhimligi haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda pastilalar va mevali chipslar ishlab chiqarishni qanday yo‘lga qo‘yish va undan qancha daromad olish mumkin?
LOVECO asoschilari Marina Pak va Yekaterina Kim Spot’ga biznesni yo‘lga qo‘yish uchun qancha sarmoya kiritganliklari, uskunalar qanchalik tez o‘zini qoplagani va ekobiznesdan qancha daromad olish mumkinligi haqida so‘zlab berishdi.
MAlin: 25 mln so‘m bilan sumka biznesini qanday yo‘lga qo‘yish mumkin?
MAlin hammuassislari Spot’ga brendning yaratilishi, ishlab chiqarishni qanday yo‘lga qo‘yishgani hamda bu jarayonda duch kelgan muammolari haqida gapirib berishdi.

Fotima Ziyodillayeva Buxoroda poyafzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kredit oldi, lekin nima uchun ishi yurishmadi?
Buxorodagi ikkita korxona asoschisi Fotima Ziyodillayeva biznes yuritishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va nima uchun biznesda ayollarni erkaklarga qaraganda ancha kuchliroq deb hisoblashi to‘g‘risida hikoya qiladi.

Xorazmdan Fransiyagacha: Navbahor Boudot qanday qilib Lion shahrida o‘z brendiga asos soldi?
Nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda ham biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan o‘zbek xotin-qizlari soni ortib bormoqda. Fransiyada Bahor brendiga asos solgan, Xivada esa restoran faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Navbahor Baudotni ham omadli tadbirkor ayollardan biri deyish mumkin. U Toshkentga safari chog‘ida Spot’ga intervyu berdi.
Signora by Shateni: Toshkentda $100 bilan qanday qilib brend yaratish mumkin?
Brend asoschisi Farangiz (Shateni) qanday qilib $100 bilan biznes boshlagani, bu sohasga otasi qarshilik qilgani, mijozlar bilan ishlashda qiyin vaziyatga tushgani va biznesni huquqiy himoya qilish yo‘llari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

Kreativ iqtisodiyot: Lola Sayfining Human House’ni saqlab qolishi, $200 minglik qayta qurish hamda hunarmandlarning muammolari haqida
Spot Human House asoschisi Lola Sayfi bilan loyihani qanday boshlagani, uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgani, shuningdek, O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qanday tizimli muammolar to‘sqinlik qilayotgani haqida suhbatlashdi.
Masterskaya: qanday qilib kichik bir makon 8 yil ichida to‘laqonli biznesga aylandi?
Loyiha hammuassisi Delya Haydarova Spot’ga mahorat darslari to‘xtatilishi sabablari va O‘zbekistonda san’at bozoridagi hozirgi holat haqida so‘zlab berdi.
Manikyur biznesi: Nailsworkshop qanday ochilgan va sohada yondashuvni nega o‘zgartirmoqda?
Zamira Qurbonova Spot’ga o‘z biznesining ichki jarayonlari, O‘zbekistonda byuti-bozor qanday muammolarga uchrayotgani va nega bugungi kunda mijozlar salomatligi muhim omilga aylangani haqida so‘zlab berdi.
Madina Umurzoqova qanday qilib $100 bilan Toshkentda event-agentligini tashkil etgan?
Madina Wedding asoschisi cho‘ntagidagi $100 bilan o‘z biznesini qanday ochgani, biznes-reja namunasi qanday ko‘rinishda bo‘lishi va sohada faoliyat boshlash istagida bo‘lganlar uchun o‘z maslahatlarini Spot bilan o‘rtoqlashdi.

Ayol tadbirkorlar: Yuliya Zatulovskaya nega dizaynni tashlab biznesga qadam qo‘ydi?
Spot Golden Minds marketing agentligi asoschisi Yuliya Zatulovskaya bilan tadbirkorlikka qanday kirib kelgani, biznesda ayollar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda nega Amerikaga ko‘chib ketgani haqida suhbatlashdi.
O‘zbekistonda blogerlar faoliyati: reklamalar narxi, soliqlar to‘lovi va kompaniyalar bilan qanday hamkorlik qilinishi haqida
PR-menejer, FACES agentligining asoschisi Sabina Bakiyeva mamlakatdagi inflyuens-marketing, kelgusi yillardagi trendlar, blogerlarning reklama beruvchilar bilan ishlash sharoitlari, narxlar va muammolar haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda PR: bu qanday soha va kompaniyalarga nega kerak?
PR-mutaxassisi Madina Ruzmatova soha, uning qanday ishlashi, kompaniyadagi o‘rni, nima uchun kadrlar yetishmasligi hamda nomzodlarning intervyu jarayonida yo‘l qo‘yadigan xatolari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

“O‘zbekistonning xorijlik mutaxassislardan ko‘ngli qoldi” — Alyona Vladimirskaya mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida
HR-mutaxassisi mehnat bozoridagi ishlar qanday kechayotgani, qaysi xorijliklar jalb qilingani, nima uchun ularga ko‘proq maosh to‘langani hamda so‘nggi bir yilda bu tendensiya qanday o‘zgargani haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
Formula 1 dagi o‘zbek marshal ayoli: trassadagi hayot, tezlik va O‘zbekistondagi poygalar haqida
Spot Formula 1 poygalarida ko‘ngilli marshal sifatida faoliyat yuritayotgan Dilfuza Matkarimova bilan musobaqalarning ichki jarayonlari, marshalning asosiy vazifalari, treklarda yuz beradigan favqulodda holatlar hamda O‘zbekistonda avtosport rivoji haqida suhbatlashdi.

IT-sohasida o‘zbekistonlik qizlar — Sevinch Najmitdinova hikoyasi
U Spot bilan suhbatda faoliyati, IT-sohasida qizlar qanday ishlay olishi va bu sohani o‘rganmoqchi bo‘layotganlar nima qilishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

IT-sohasida o‘zbekistonlik qizlar — Irlandiyadagi Workday dasturchisi Muhayyo Tashpulatova hikoyasi
Muhayyo xorij kompaniyasiga ishga joylashgani, “Amazon"da amaliyot o‘tagani hamda jamoa bilan ishlash tajribalari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
Mahsulot menejeri kim va u nima ish qiladi? Mutaxassis fikri
Uzum’ning IT mahsulot menejeri Dilnoza Nasriyeva Spot’ga mahsulot menejerining asosiy vazifalari, sohadagi stereotiplar hamda IT’da ayollarning o‘rni haqida so‘zlab berdi.











