Yandex Uzbekistan boshlang‘ich va tajribali dasturchilar uchun Dev Meetup tadbirini tashkil etmoqda. U 23-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida zaif internet tarmoqlarida ishlashni optimallashtirish, sun’iy intellekt davrida o‘qish jarayonlari hamda mashinali o‘qitish modellarining amaliy tahliliga bag‘ishlangan leksiyalar, master-klasslar va vorkshoplar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mitap davomida ishtirokchilar ML algoritmlarining asosiy jihatlarini muhokama qilish, karyera rivoji masalalari yuzasidan fikr almashish va Yandex kompaniyasida ishga qabul jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbir ingliz tilida o‘tkaziladi va o‘zbek tiliga sinxron tarjima ta’minlanadi. Shuningdek, u norasmiy muloqot va tajriba almashish uchun tashkil etilgan uchrashuv bilan yakunlanadi.

Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish tadbirning maxsus sahifasida amalga oshiriladi.

Reklama huquqlari asosida.