Birinchi buklanadigan iPhone yuqori yuklamalarda qurilmani samaraliroq sovutish uchun bug‘latish kamerasiga ega bo‘lishi mumkin. GizmoChina nashrining yozishicha, bu haqida Fixed Focus Digital insayderi xabar berdi.
Nashrning so‘zlariga ko‘ra, norasmiy iPhone Ultra nomi bilan tanilgan smartfonni ishlab chiqish tez sur’atlar bilan davom etmoqda.
Yangi model taxminan 4,5−5 mm qalinlikdagi yupqa korpusga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bug‘latish kamerasidan foydalanish, ayniqsa katta egiluvchan displey va ko‘p vazifali ssenariylarni hisobga olgan holda, issiqlikni olib ketish muammosini hal qilishga yordam berishi kerak.
Avvalroq Apple tomonidan xuddi shunday texnologiyani iPhone 17 Pro liniyasida joriy qilingan edi.
Insayder suyuq metalldan yasalgan sharnirdan foydalanilishi haqidagi avvalgi xabarlarni ham tasdiqladi.
Taxminlarga ko‘ra, bunday material konstruksiyaning mustahkamligini oshiradi va ekrandagi buklanish chizig‘ining ko‘zga tashlanishini kamaytirishga yordam beradi.
Mish-mishlarga qaraganda, yig‘ilgan holatda qurilmaning qalinligi taxminan 9−9,5 mm ni tashkil etadi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, buklanadigan smartfon diagonali taxminan 7,8−8 dyuymli ichki ekran, kichikroq o‘lchamdagi tashqi displey, A20 seriyali protsessor, Touch ID barmoq izi skaneri va qo‘shaloq asosiy kamera bilan jihozlanadi.
Avvalroq Apple Ultra toifasidagi uchta premium qurilmani tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.
Ultra sinfidagi buklanadigan iPhone, kamerali AirPods va OLED-ekranli MacBook joriy yilda taqdim etilishi mumkin.