16-iyun kuni Toshkentda tadbirkorlar, marketing bo‘yicha mutaxassislar hamda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun amaliy seminar — Meta Small Business Practicum bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar Meta platformalaridagi reklama imkoniyatlari, reklama kampaniyalarini yaratish va optimallashtirish, shuningdek, Threads, Reels va hamkorlikdagi reklama vositalaridan foydalanish haqida bilib oladilar.
Xalqaro bozorlarda biznesni rivojlantirish strategiyalariga, muvaffaqiyatli mahalliy keyslarni tahlil qilishga va kompaniyalarning amaliy tajribasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Meta, CoobX ekspertlari va mahalliy biznes hamjamiyati vakillari spiker sifatida ishtirok etadi.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.