Yangilanish Yandex Maps va Navigator ilovalarida, shuningdek, xizmatlarning Apple CarPlay va Android Auto versiyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida uzatiladi va haydovchilarga chorrahadagi vaziyatni oldindan bilish imkonini beradi.
Ushbu funksiya ayniqsa orqa hisob taymerlari o‘rnatilmagan svetoforlarda foydali bo‘ladi. Haydovchilar svetofor fazalari haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lib, stop-chiziq oldida harakatni aniqroq rejalashtirishi mumkin.
Loyiha Toshkent shahri hokimligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ko‘magida amalga oshirildi.

“Haydovchilar uchun yo‘ldagi vaziyat haqidagi ma’lumotlar qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish shuncha osonlashadi. Navigatsiya xizmatlarida svetofor signallarining aks etishi haydovchilarga chorrahalarda yaxshiroq mo‘ljal olish va joriy vaziyatni hisobga olish imkonini beradi”, — dedi Toshkent shahri hokimining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahman Baxtiyev.
Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan foydalanuvchilar tadqiqoti natijalariga ko‘ra, haydovchilarning 88%i navigatsiyada svetofor signallarini ko‘rsatish funksiyasidan faol foydalanadi. Shuningdek, ishtirokchilarning 63%iga ko‘ra, bu ma’lumot harakatni yanada bashorat qilinadigan qiladi. 48% haydovchilar o‘zini rulda xavfsizroq his qilishini, 51% esa safarlar xotirjamroq kechishini ta’kidlagan.
Svetofor fazalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish manzilga yetib borish vaqtini ham aniqroq hisoblash imkonini beradi. Marshrut tuzishda o‘rtacha kutish vaqti emas, balki yo‘ldagi joriy vaziyat hisobga olinadi.
Toshkent Yandex Uzbekistan navigatsiya xizmatlarida svetoforning joriy signali haqidagi ma’lumotlar joriy etilgan ilk shaharlardan biriga aylandi. Kelgusida qamrovni kengaytirish va qo‘shimcha svetofor obyektlarini tizimga ulash rejalashtirilgan.
Reklama huquqlari asosida.