Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan The 2026 IsDB Annual Meetings forumi doirasida InfinBANK Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan umumiy qiymati $60 mln ortiq strategik bitim imzoladi. Ushbu kelishuv islomiy moliyalashtirish tamoyillariga muvofiq tuzilgan bo‘lib, bank mijozlarining tashqi savdo, eksport va import operatsiyalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Forum doirasida InfinBANK rahbariyati xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islomiy korporatsiya (ICD) bilan islomiy biznesni qo‘llab-quvvatlash va yangi islomiy moliya mahsulotlarini joriy etish, shuningdek, Islomiy investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (ICIEC) bilan investitsiya va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha ham muzokaralar olib bordi.

“InfinBANK uchun bu kelishuv islomiy moliyalashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan izchil hamkorlikning mantiqiy davomi va yangi amaliy bosqichidir. Biz O‘zbekistonda ushbu moliyaviy yechimlarni tadbirkorlar uchun yanada tushunarli, qulay va ommabop qilish ustida ishlamoqdamiz”, — dedi InfinBANK boshqaruv raisi Baxtiyorjon Djurayev.

Reklama huquqlari asosida.