O‘z uy-joyiga ega bo‘lish har qanday oila barqaror kelajagining mustahkam poydevoridir. Biroq yangi qurilgan uydan xonadon xarid qilish ko‘pincha turli tashvishlar bilan bog‘lanadi: katta mablag‘ni yillar davomida jamg‘arish yoki qurilish jarayonidagi obyektga sarmoya kiritib, mablag‘ni xavf ostiga qo‘yish, so‘ngra uy foydalanishga topshirilishi va hujjatlar rasmiylashtirilishini oylar davomida kutish bilan birga ijara to‘lovlarini ham davom ettirishga to‘g‘ri keladi.

Uy-joy xarid qilish jarayonini yanada shaffof va xavfsiz qilish maqsadida InfinBank davlat ipoteka kreditlash dasturiga (O‘zbekiston prezidentining PF-29-son farmoni doirasida) qo‘shilganini ma’lum qildi. Bank yangi mahsulot — “Yangi xonadon” ipoteka kreditini ishga tushirdi. Ushbu kredit hoziroq yangi xonadon xarid qilish imkonini beradi. “Yangi xonadon” dasturining asosiy afzalligi shundaki, kredit birlamchi bozordagi xonadonlar uchun ajratiladi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga sanoqli kunlar ketadi — barcha ishlar bankning o‘zida amalga oshiriladi.

Moliyaviy qulaylik: moslashadigan shartlar

InfinBank uzoq kutilgan yangi uyga ko‘chib o‘tish oilaviy budjet uchun ortiqcha yuk bo‘lib qolmasligi uchun moslashuvchan shartlarni ishlab chiqdi:

  1. Uzoq yillik muddat — 20 yilgacha (240 oy): moliyalashtirishning uzoq muddati oylik to‘lovlarni imkon qadar qulay darajagacha kamaytirish imkonini beradi;
  2. Boshlang‘ich badal — atigi 15% dan: bundan tashqari, davlat qo‘llab-quvvatlashi doirasida ayrim toifadagi fuqarolar boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun budjet subsidiyalarini olishlari mumkin;
  3. Moliyalashtirish summasi: Toshkent shahrida — 480 mln so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 380 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda uy-joy xaridini moliyalashtirishga tayyor;
  4. Qulay foiz stavkasi: 16,99% yillik ustama qo‘shiladi.

To‘lovlarni qanday amalga oshirishni mijoz tanlaydi

InfinBank qarz oluvchilarga to‘lov jadvalini mustaqil tanlash imkoniyatini taqdim etadi:

  • annuitet to‘lovlar — har oy bir xil va qat’iy belgilangan summa: oilaviy budjetni rejalashtirish uchun juda qulay;
  • differensial to‘lovlar — to‘lovlar har oy kamayib boradi: dastlab ko‘proq to‘laysiz, ammo yakunda ortiqcha to‘lov sezilarli darajada kam bo‘ladi.

O‘z xonadon sari qanday qadam tashlash mumkin?

“Yangi xonadon” kreditini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston fuqaroligi va barqaror rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lish kifoya (zarurat bo‘lsa, yaqin qarindoshlarni birgalikdagi qarz oluvchi sifatida jalb qilish mumkin).

Mijoz uy haqidagi orzularni ertaga qoldirish va ijara uchun mablag‘ sarflashni emas, balki bugunoq yanada qulay va farovon hayot sari qadamni tanlashi mumkin.

24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati: (+998) 71−202−50−60, 1214.

Sayt: infinbank.com

Reklama huquqlari asosida.