9-oktyabr kuni YARD Business Club va Profit Woman “Tadbirkor ayolning shaxsiy brendi: o‘zligini yo‘qotmasdan o‘zini sotish” mavzusida qo‘shma biznes kechasini o‘tkazadi.

Panel muhokamasi doirasida ishtirokchilar shaxsiy brendni rivojlantirish, tadbirkorning ommaviyligi va shaxsiy ekspertlik orqali biznesni targ‘ib qilish haqida suhbatlashadilar.

Tadbirda Profit Woman tadbirkor ayollar mentori Umida Yusupova, Maestro Marketing asoschisi va bosh direktori Shahnoza Yakubova hamda “maslov: tashkent” PR agentligi hammuassisi Sevil Sakayeva spiker sifatida so‘zga chiqadi.

Shuningdek, dasturdan netvorking hamda YARD Business Club va Profit Woman o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi ham o‘rin olgan.

Ishtirok etish narxi 400 ming so‘m, joylar soni 70 tagacha cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.