Kecha, 20:48 Biznes

Prezident yil yakunigacha Navoiy-Buxoro tezyurar temir yo‘li qurilishini yakunlashni topshirdi — O‘TY

Shuningdek, Nukus-Miskin temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish, Toshkent-Parkent va Toshkent-Urgut temir yo‘llari qurilishini yakunlash vazifasi berildi.
Kecha, 20:27 Iqtisodiyot

Surxondaryoda qiymati qariyb 1 trln so‘mlik Denov City turar-joy majmuasi quriladi. Foto

Loyiha doirasida 3 500 ta xonadonli ko‘p qavatli turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda dam olish va sport markazlari barpo etiladi.
Kecha, 19:52 Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam olishi mumkin?

Qurbon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda joriy yilning 6-iyun, juma kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Kecha, 19:17 Energetika

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Jahon bankidan Qambarota GES-1 qurilishi uchun yordam so‘radi

Tomonlar energetika loyihasini tayyorlashda texnik-iqtisodiy asoslarni yangilash, shuningdek, barqaror moliyaviy modelni ishlab chiqishda yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Kecha, 19:00

Click CEO: “Raqamlashtirish — poyga emas, balki vosita”

22-may kuni Toshkentda naqd pulsiz to‘lovlar kelajagini muhokama qilish uchun Visa Cashless forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning eng muhim qismi yirik fintex kompaniyalari — Click, Uzum, TBC Bank Uzbekistan va Ipak Yo‘li Banki bosh direktorlari ishtirokidagi panel munozarasi bo‘ldi.
Kecha, 18:12 Texnologiyalar

Telegram Ilon Maskning Grok sun’iy intellektli chat-boti bilan integratsiya qilinmoqda

Foydalanuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri messenjer qidiruvida Grok’ga savollar berishlari, katta hajmdagi xabarlar va fayllarni qisqartirishlari yoki neyron tarmoqni chatlar moderatori etib tayinlashlari mumkin bo‘ladi.
Kecha, 17:56 Blokcheyn va kriptoaktivlar

Binance’da O‘zbekiston rezidentlari uchun P2P o‘tkazmalari to‘xtatildi

Foydalanuvchilar uchun bank kartalari va mahalliy to‘lov tizimlari orqali mablag‘larni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati saqlanib qolmoqda.
Kecha, 17:22 Iqtisodiyot

O‘zbekiston Xitoy bilan yo‘l sohasidagi standartlarning yagona tizimini ishlab chiqadi

Tomonlar innovatsion materiallar ishlab chiqish va raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik bitimini imzoladi.
Kecha, 16:51 Qonunchilik

Madaniyat va san’at sohasidagi startaplarga 37,5 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Sohada sun’iy intellektdan va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Ijodiy texnolaboratoriya tashkil etiladi.
Kecha, 16:21 Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondan Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni yetkazib berishni to‘xtatishga erishdi

Qayd etilishicha, hozirda sanksiya ostidagi tovarlarning eksport cheklovlarini chetlab o‘tish holatlarining qariyb 80%i Xitoy va Gonkongga to‘g‘ri keladi.
Kecha, 16:03 Moliya

Dollar kursi keskin pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 56 so‘mga pasayib, 12 831,13 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:40 Qonunchilik

Avtomobildan chiqindi tashlaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish taklif etilmoqda

Qonunchilikka avtomobillardan chiqindi tashlash holatlari uchun jazo chorasini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish belgilanmoqda.
Kecha, 15:15 Texnologiyalar

Ekologiya, san’at, texnologiyalar mavzusidagi xakaton uchun arizalar qabul qilinmoqda

Unda barcha hududlardan 18−30 yoshdagi yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, ishtirokchilarga barcha xarajatlar to‘lab beriladi.
Kecha, 13:21 Qonunchilik

“Ha yoki yo‘q” — senat raisi gibrid avtomobillarga eko-sertifikat olish talabi qo‘yilishi haqida

Tanzila Norboyeva bu tartibga aniqlik kiritish hamda qonunchilikda tushunmovchiliklarni bartaraf etish kerakligini ta’kidladi. Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari esa bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
Kecha, 11:14 Iqtisodiyot

Yuk temir yo‘l stansiyalari Toshkent hududidan ko‘chirilishi mumkin

Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik stansiyalar barpo etish taklif qilinmoqda. Poytaxtni aylanib o‘tuvchi Ozodlik-Yangiyer temir yo‘li qurilishi rejalashtirilgan.
Kecha, 10:42 Texnologiyalar

Xiaomi qahva hidiga ega smartfon ishlab chiqardi

Ta’kidlanishicha, smartfonning orqa qopqog‘iga qahva quyqasi o‘rnatilgan va amerikanoning hidini taratadi.
Kecha, 10:26 Iqtisodiyot

O‘zbekiston suv ta’minotini raqamlashtirish uchun OTBdan $125 mln jalb qildi

Mablag‘lar hisobidan besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3000 ta telemetriya tizimi o‘rnatiladi.
Kecha, 09:59 Iqtisodiyot

AQSh talaba vizasi uchun suhbatlarni to‘xtatib qo‘ydi — Politico

Qayd etilishicha, Tramp ma’muriyati barcha xalqaro talabalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishni joriy etishni ko‘rib chiqmoqda.
Kecha, 09:29 Energetika

Toshkentning ikkita tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

28-may kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
27 may 2025, 21:05 Iqtisodiyot

Uch oyda O‘zbekistonning davlat qarzi $2,22 mlrdga oshib, $42 mlrddan ortiqni tashkil etdi

Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $7,08 mlrdga o‘sdi. Uning asosiy qismi — $35,55 mlrdi tashqi qarz, $6,87 mlrdi esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
27 may 2025, 19:15 Qonunchilik

Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi

Vena konvensiyasi yadro obyektlarida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik hamda uni qoplash tartibini belgilaydi.
27 may 2025, 19:00

O‘zbekistonlik etik hakerlar jamoasi Standoff 15'ning toplar qatoriga kirdi

21-maydan 24-maygacha Moskvada Standoff 15 kiberjang bo‘lib o‘tdi — kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro musobaqa. Unda Yevropa, MDH, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlaridan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
27 may 2025, 18:46 Energetika

Xorazmda korxona 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

Xususan, Urganch shahrida elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
27 may 2025, 18:26 Iqtisodiyot

1-iyundan Andijonda ham ichimlik va oqova suvi narxlari oshiriladi

Bungacha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun keyingi ikki oyda eski narxlar amal qiladi.
27 may 2025, 18:04 Energetika

Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

Eng ko‘p elektr stansiyalarini Olmaliq va Bekoboddagi kanallarda qurish rejalashtirilgan.
27 may 2025, 17:20 Biznes 1

Humans Raqobat qo‘mitasidan O‘zbektelekomga qarshi ish ochishni so‘radi

Kompaniya O‘zbektelekom xizmatlar uchun monopol yuqori narx belgilagani va qarzdorlik tufayli Humans’ga internet tezligini pasaytirib, kamsituvchi sharoitlar yaratganini qayd etdi. Antimonopol organ vaziyatni o‘rganmoqda.
27 may 2025, 17:02 Texnologiyalar

Hermès narxi $15 minglik quloqchinlarni taqdim qildi

Brendning birinchi quloqchinlari beshta rangda, joriy yilning yozida sotuvga chiqariladi.
27 may 2025, 16:02 Moliya

Dollar kursi pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 53 so‘m 3 tiyinga pasayib, 12 886,90 so‘mni tashkil etdi.
27 may 2025, 15:55 Biznes

Tilmoch startapi Qozog‘iston bozoriga chiqadi va qozoq tiliga tarjimani ishga tushiradi

Shuningdek, 2025-yil oxirigacha onlayn tarjimonga Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining barcha asosiy tillari integratsiya qilinadi.
27 may 2025, 15:38 Iqtisodiyot

Koreyaning Ulsan shahri yangi tartib asosida o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishni boshlaydi

Shahar hokimligiga xorijiy fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri E-7 vizasini taqdim etish vakolati berildi.
27 may 2025, 14:09 Qonunchilik

Ish vaqtidan tashqari ishning yillik cheklovini olib tashlash taklif etilmoqda

Shu bilan birga, ish vaqtidan tashqari ishlagan xodimlarga ish haqi to‘lash tartibini ham o‘zgartirish rejalashtirilgan.
27 may 2025, 14:01 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda gilos narxi rekord darajani qayd etdi — EastFruit

23-may holatiga yangi gilosning ulgurji narxi 1 kilogrammi uchun 17 ming so‘m bo‘lib, bu o‘tgan yillarga nisbatan kamida 70%ga yuqori hisoblanadi.
27 may 2025, 13:18 Iqtisodiyot

Rossiyada bitta fuqaroga ajratiladigan bank kartalari soni cheklanadi

Joriy yil kuzida kuchga kirishi kutilayotgan qonunga ko‘ra, rossiyaliklar 20 dan ortiq bank kartalariga ega bo‘la olmaydi.
27 may 2025, 12:30 Moliya

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish choralari kuchaytiriladi

Bozor ishtirokchilari narxlarni sun’iy oshirishi va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatishi taqiqlanadi.
27 may 2025, 12:00 Moliya

O‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil etiladi

Uning ustav kapitali 300 mlrd so‘mni tashkil etib, uning yarmi ILMA, qolgan qismi esa xususiy investorlarga tegishli bo‘ladi.
27 may 2025, 11:30 Biznes

Ucell ommaviy oferta talablariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri keldi

Raqobat qo‘mitasi unda ma’naviy zarar uchun javobgarlik nazarda tutilmaganini aniqlab, aloqa operatoriga ofertani qonunchilik asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
27 may 2025, 11:21 Iqtisodiyot

Donald Tramp shu haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin — The WSJ

Yangi cheklovlar bank sanksiyalarini o‘z ichiga olmaydi, hukumat vakillari Moskvaga bosim o‘tkazishning boshqa usullarini muhokama qilmoqda.
27 may 2025, 10:23 Iqtisodiyot

O‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Ish haqi — 2800 yevro

Nomzodlar kamida 18−40 yosh oralig‘ida, bir yillik tajribaga va bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
27 may 2025, 09:55 Iqtisodiyot

1-iyuldan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv uchun narxlar oshiriladi

Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 2600 so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 15 ming so‘mni tashkil etadi.
26 may 2025, 21:30 Iqtisodiyot

O‘zbekiston aprelda avtomobil importini 1,31 barobar, elektromobillarni esa 6,8 barobarga oshirdi

Biroq, benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobil yetkazib berish 1,43 baravarga, gibrid avtomobillar esa 4,37 baravarga kamaygan.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting