Bugun, 15:10 Texnologiyalar

Dubayda dunyodagi eng baland metro bekati quriladi

Bekat 74 metr balandlikka ega bo‘lib, uning ochilishi esa 2029-yil sentabr oyiga rejalashtirilgan.
Bugun, 14:23 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Shu bilan birga, tomonlar 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy va sanoat sohalarida hamkorlik dasturini imzoladilar.
Bugun, 14:04 Biznes

O‘zatom Fransiyaning Assystem kompaniyasi bilan Toshkentda qo‘shma korxona tashkil etadi

Qo‘shma korxona kichik AES qurilishini texnik qo‘llab-quvvatlash, loyiha uchun texnik yechimlarni tanlash va yagona konsepsiyaga birlashtirishga ko‘maklashadi.
Bugun, 13:54 Biznes

Volkswagen UzAuto bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi

Sedanlar va yo‘ltanlamaslarning sakkizta modeli yirik uzelli yig‘ish orqali mahalliy ishlab chiqariladi, butlovchi qismlar esa Xitoydan yetkazib beriladi.
Bugun, 13:37 Qiyofa

Yaponiya chet ellik sayyohlarning mamlakatga kirish qoidalarini kuchaytiradi

Asosiy o‘zgarishlarga majburiy tibbiy sug‘urta, soliq imtiyozlarini kuchaytirish va qarzlarni nazorat qilish kiradi.
Bugun, 13:27 Iqtisodiyot

“Inflyatsiya prognozdan yuqori shakllanmoqda” — Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qolish haqida

Energiya narxlari oshishi inflyatsion bosimlarning uzoqroq davom etishiga ta’sir qilishi mumkin.
Bugun, 13:00

SmartOne yechimlari qanday qilib biznes va davlatga samaraliroq faoliyat yuritishga yordam beradi

Dasturchi, ishlab chiqaruvchi hamda tizim integratori bo‘lgan SmartOne savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun keng qamrovli moliyaviy yechimlarni taklif etadi. Bu esa kompaniyalarga yangi samaradorlik darajasiga erishishda ko‘maklashadi.
Bugun, 12:35 Iqtisodiyot

Tramp Xitoy bilan savdo bitimi tuzganini e’lon qildi

AQSh Xitoy mahsulotlariga 55%gacha boj belgilaydi, Xitoy esa AQSh importiga bojlarni 10%gacha pasaytiradi.
Bugun, 12:35 Biznes

Agalarov Development Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasiga $5 mlrd yo‘naltiradi

ISSV Ozarbayjon kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi. Umummavsumiy kurort loyihasida jami 577 gektar, jumladan, birinchi bosqichda 100 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Bugun, 11:52 Qonunchilik

O‘zbekistonda haydovchilarga o‘z hududida taksichilik qilishi bo‘yicha cheklov kuchga kirdi

Yengil avtomobillarda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini olib boruvchilar faqat litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan va unga tutash hududlarda tashuvlarni amalga oshira oladi. Transport vazirligi ushbu cheklovlarni tasdiqladi.
Bugun, 10:49 Biznes

Raqobat qo‘mitasi Uzum Market murojaati bo‘yicha YandexGo UB’ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Kompaniya Yandex Market reklama roligida insofsiz raqobat va Uzum Market’ning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishda ayblanmoqda.
Bugun, 10:20 Biznes

Octobank Humans’dan qarzlar va zararlar uchun 500 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirishni talab qilmoqda

Bank 13-iyun soat 18:00 dan boshlab Humans (Visa) kobeyjing kartalari bo‘yicha operatsiyalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishini elon qildi.
Bugun, 09:54 Energetika

Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

12-iyun kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Mirobod va Olmazor tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Kecha, 20:22 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rivojlantirish budjet taqchilligini kamaytirishga yordam beradi — Rustam Azimov

Uning qayd etishicha, fiskal siyosatni yaxshilash uchun kichik va o‘rta biznesga ko‘proq imtiyozlar yaratish zarur. Ular faoliyati uchun yetarli imkoniyatlar mavjud emas.
Kecha, 19:40 Biznes

Biznes uchun bazaviy soliq stavkalari 2028-yilgacha o‘zgarmaydi — prezident

Xorijiy investorlar kengashida soliq ma’murchiligi bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Kecha, 19:20 Iqtisodiyot

Milanda O‘zbekistonning savdo uyi ochiladi

Shavkat Mirziyoyev Lombardiya gubernatori Attilio Fontana bilan Uzbek Organic brendi ostida eksport liniyasini ishga tushirishga kelishib oldi.
Kecha, 18:18 Biznes

Yashil energiya, transport, bojxona hamda tog‘-kon sanoati — Xitoy kompaniyalari bilan nimalarga kelishildi?

China General Nuclear Power O‘zbekistonda gibrid quyosh elektr stansiyasini qurishga, ZTO Express esa bojxona rasmiylashtiruvida onlayn platformani joriy etishga qiziqish bildirdi.
Kecha, 18:01 Texnologiyalar

Threads shaxsiy xabarlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

Sinovlar hozircha Gonkong, Tailand va Argentinada boshlanib, keyinchalik boshqa davlatlarda ham o‘tkaziladi.
Kecha, 17:19 Biznes

ACWA Power O‘zbekiston bilan $5 mlrdlik kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda

Kompaniyaning mamlakat bo‘yicha bosh direktori Soumendra Rout ACWA Power islomiy moliyalashtirish orqali O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Kecha, 17:00

Yo‘l haqini bir qarashda to‘lash: FacePay to‘lov tizimi Chilonzor yo‘nalishida ham ishga tushdi

Click ATTO bilan hamkorlikda Toshkent metrosida FacePay to‘lov tizimini ishga tushirdi. Endilikda metroga chipta olish uchun kassada navbatda turish shart emas.
Kecha, 16:49 Startaplar

AlchemistX va Silicon Valley Residency akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli qilinmoqda

Dastur AQSh bozoriga kirmoqchi bo‘layotgan Markaziy Yevroosiyodagi B2B startaplarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, arizalarni 11-iyulgacha yuborish kerak.
Kecha, 16:03 Moliya

Dollar kursi pasayishda davom etmoqda

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 28 so‘mga pasayib, 12 646,56 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:43 Biznes

“Men jinoyat qilmagan bo‘lsam-da, Fransiyani tark eta olmayman” — Pavel Durov

Telegram rahbari yangi intervyusida qamoqqa olinishi, bu holat platformaning maxfiylik siyosati bilan qanday bog‘liqligi va raqamli shaxsiy ma’lumotlarga bo‘lgan tazyiq qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida gapirdi.
Kecha, 15:16 Biznes

“IPO o‘tkazishdan xursand bo‘lardim, bu mening orzum” — Uzum hammuassisi

Jasur Jumayevning qayd etishicha, guruh yaqin 2−3 yil ichida qo‘shimcha likvidlikni oshirish tadbirlarini ko‘rishi mumkin.
Kecha, 14:53 Biznes

YTTB 2025-yilda O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga 1,1 mlrd yevro ajratadi

Tomonlar DXSh loyihalarini amalga oshirish, sun’iy intellektni joriy etish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Kecha, 14:40 Biznes

Navoiyuran birinchi yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirmoqda

Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishidan tushgan mablag‘lar ishlab chiqarish dasturini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Kecha, 14:25 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda piyoz narxi bir oy ichida 40%ga arzonlashdi

9-maydan 6-iyungacha yangi hosil bosh piyozning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 5000 so‘mdan 3000 so‘mgacha pasaygan.
Kecha, 13:47 Biznes

Toshkent aeroporti terminalida birinchi marta kutib oluvchilar zonasi tashkil etildi

Aeroport uchib kelish zali rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlanib, terminal fasadini oldinga surish hisobiga 120 o‘rindiqli hudud tashkil etildi.
Kecha, 13:17 Qonunchilik

Deputatlar to‘lov xizmatlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi

To‘lov tizimi operatorlari uchun tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi joriy etiladi. Qonunchilikda muhim to‘lov tashkiloti tushunchasi belgilanadi.
Kecha, 13:00

TMU PHL dasturi orqali xalqaro ta’lim imkoniyatlarini taqdim etmoqda

Dastur Toshkent Metropolitan universiteti bilan xalqaro ta’limga yo‘l olishga tayyor bo‘lgan intiluvchan 9-sinf bitiruvchilariga mo‘ljallangan.
Kecha, 12:55 Biznes

O‘zbekiston va Bolgariya qo‘shma logistika kompaniyasini tashkil etadi

Tomonlar geologiya sohasida hamkorlik qilishi, klinik tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Kecha, 11:28 Biznes

Raqobat qo‘mitasi Beeline’ga tarif shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Mobil aloqa operatori abonentlarga oylik abonent to‘lovi yechish vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinishini bekor qilish imkoniyatini berishi shart.
Kecha, 10:38 Qiyofa

Makron Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Qayd etilishicha, prezident bu masalani Yevropa darajasida ko‘rib chiqilishini ta’minlash niyatini bildirgan.
Kecha, 10:04 Iqtisodiyot

OIIB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini yaxshilashga yordam beradi

Bank bilan Qoraqalpog‘istondagi 328,1 km hamda Xorazm viloyatidagi 188 km umumiy foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlashga kelishildi.
10 iyun 2025, 20:08 Iqtisodiyot

O‘zbekiston Rossiyaga nota yubordi

TIV Rossiya TIVdan fuqarolar noqonuniy tekshirilayotgani va mamlakatda ularning huquqlari buzilayotgani holatiga izoh berishni so‘radi.
10 iyun 2025, 19:56 Iqtisodiyot

“Biz eskrou tizimini imkon qadar tezroq joriy etish tarafdorimiz” — Qurilish vaziri

Sherzod Hidoyatov eskrou-hisobi iyul oyidan boshlab ishga tushirilishini, raqamli platformani yaratish va sinov loyihaga Rossiyaning DOM.RF kompaniyasi jalb qilinganini qayd etdi.
10 iyun 2025, 19:31 Iqtisodiyot

“Har bir investor manfaati kafolatlanadi” — Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish haqida

Davlat rahbari Markaziy Osiyoda investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasini ishlab chiqishni taklid qildi.
10 iyun 2025, 18:48 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda milliy bulutli platforma hamda sun’iy intellekt modeli yaratiladi — prezident

Yaqin besh yilda xususiy investorlar ishtirokida quvvati 500 MVtdan ortiq bo‘lgan 20 ta data-markaz qurish rejalashtirilmoqda.
10 iyun 2025, 18:28 Texnologiyalar

Google Android 16'ning barqaror versiyasi chiqishini e’lon qildi

Barqaror versiya dastlab Google Pixel smartfonlarida ishga tushiriladi. Keyinchalik, 2025-yil oxirigacha u boshqa brendlarning mos qurilmalarida ham paydo bo‘ladi.
10 iyun 2025, 18:02 Energetika

Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi

Xususan, omuxta yem ishlab chiqarish korxonasida hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting