01

Naqd dollar sotuvi yo‘lga qo‘yildimi?

Yo‘q. 3 iyuldan kuchga kirgan dollar oldi-sotdisining yangi tartibi ham, avvalgidek, faqat xalqaro plastik kartalar orqali sotuvni ko‘zda tutadi. Biroq, karta ochish va naqd pul yechish shartlari o‘zgardi.

01

Unda naqd dollarni qanday xarid qilish mumkin?

Naqd dollarni xarid qilish uchun xalqaro plastik karta (Visa, MasterCard) va bu kartalarni qabul qiluvchi bankomat kerak bo‘ladi. Karta ochish uchun turli banklarda 0 so‘mdan 50 000 so‘mgacha va undan ziyod haq to‘lash kerak bo‘ladi. Tariflar bilan bevosita banklarda yoki ularning saytlarida tanishish mumkin. Jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar ham karta ochish va dollar xarid qilish huquqiga egalar.

04

Kartaga pul qanday o‘tkaziladi?

Karta ochganingizdan keyin, bankning o‘zida unga mablag‘ o‘tkazishingiz mumkin. Oldinlari faqat naqd dollar olinardi, hozir esa milliy valyutada, yana ham naqd, ham naqdsiz (UzCard kartalaridan) ko‘rinishda pul tashlashingiz mumkin. Bahordan onlayn-konversiya imkoniyati paydo bo‘ldi va endilikda 10dan ortiq bank ushbu xizmatni taqdim etmoqda. UzCard kartasi, xalqaro karta va bankingizning mobil ilovasi qo‘l ostingizda bo‘lsa, siz bankka borib o‘tirmay so‘mni dollarga konvertatsiya qila olasiz.

05

Nega bevosita naqd dollar xarid qilishga ruxsat berib bo‘lmaydi?

Markaziy bank vakillari aytishlaricha, chet el valyutasini naqdsiz sotish amaliyoti vaqtinchalik chora bo‘lib, necha o‘n yillar davomida to‘silgan konvertatsiya ochilgandan keyingi islohotlarning barqarorligiga qaratilgan. Biroz vaqt o‘tgach, aholi va biznes yangi sharoitlarga ko‘nikib, muvozanat shakllangach, naqd chet el valyutasi sotuvi albatta yo‘lga qo‘yiladi.