Demir Group Toshkentda yangi restoran ochdi. Restoran ochishga tayyorgarlik o’tgan yili xodimlar yig’ishdan boshlangan edi.

“Divan” deb nom olgan restoran test rejimida ishlayotgan bo’lsa-da, turk oshxonasining asosiy taomlarini tatib ko’rish mumkin.

Muassasa Travmotologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti yaqinidagi Sodiq Azimov va Mahtumquli ko’chalari kesishmasidagi avvalgi “Guzar” kafesi binosining ziyofat zalida joylashgan.