Bahriddin Chustiy va Ahmad Meliboyev birgalikda ish boshladilar. Restoratorlar Rossiyaning Milimon Family (32 ta restoranlarni birlashtiradi) kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarada “Лагмания"ni ishga tushirishdi. Bu haqda Spot’ga kompaniyada xabar berildi.
Loyiha chet elda o’zbek oshxonasini yangi segmentda ommalashtirishni maqsad qilgan: savdo markazlarida burchaklar va kafelar. Rossiyada oshga ixtisoslashgan monokafe va restoranlar ishga tushirilgan, biroq mijozlar o’zbek lag’moni bilan bu formatda yangicha tanishmoqda:
“Rossiyada uzoq vaqt ishlaganim sababli bu yerda o’zbek oshxonasini qay darajada xush ko’rishlarini bilaman. O’tgan bir-ikki yil davomida trendlar Osiyo, pan-Osiyo taomlari yo’nalishiga o’zgarayotganini sezdim va rus bozoriga yangi format taklif qilish haqida o’yladim. Ahmad Meliboyevga tashabbusni birgalikda amalga oshirishni taklif qildim”, — dedi Chustiy.
Uning so’zlariga ko’ra, lag’monni tayyorlash jarayoni juda qiziqarli va taassurot uyg’otuvchi loyiha hisoblanadi va shu tufayli ular o’zlarining vazifalarini murakkablashtirishga va “ochiq oshxona” formatini ishga tushirishga qaror qildilar.
Ta’kidlanishicha, tarmoq kengaytirib boriladi, hozirda Samara, keyin Moskvada, so’ngra Rossiyaning boshqa hududlarida bir nechta nuqtalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Milimon Group — bugungi kunda Rossiyaning 5 ta shaharida 14 ta brend, 32 ta tashkilotga ega restoran xoldingidir. Kompaniyaning restoranlariga “Чайхана Зира”, Robbi, “Чиполучо”, “Пряный барашек”, “Софи и Аннабель” kabi mashhur brendlar kiradi.