1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20%dan 15%ga tushiriladi. Bu haqda korzinka.uz tarmoqlari asoschisi Zafar Hoshimov manbalariga tayangan holda ma’lum qildi, Moliya vazirligi xabarni tasdiqladi.

Prezident Moliya vazirligiga QQS stavkasini amaldagi 20%dan 15%gacha tushirish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini kiritish vazifasini topshirgan edi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasida QQS stavkasini 15%ga tushirish hamda uning betarafligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasida qayd etilishicha, QQS stavkasi 15%ga pasayishi pul-kredit siyosatining yumshashi va narxlarning barqarorlashuvi belgisi hamdir.

Amaldagi 20%lik soliq stavkasi 2000 yilda tashkil etilgan va so‘nggi 19 yil ichida qayta ko‘rib chiqilmagan.