O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishi to‘g‘risida vazirlik matbuot xizmati e’lon qildi.
“Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Uchinchi loyiha boshlanishi 2021-yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Oldinroq Spot “Scaling Solar 1” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan FES Masdar (BAA) kompaniyasi tomonidan qurilishi haqida ma’lumot bergan edi. Bu boradagi ijobiy natijani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida konsultasiya xizmatlarini jalb qilish va Scaling Solar loyihasi bo‘yicha quyosh FESlarining quvvatini 1000 MVtgacha oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv natijasi o‘laroq 2020-yil boshida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan 2 ta “Scaling Solar 2” FES qurilishi loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilingan edi. Ushbu loyihalar bo‘yicha hozirgi vaqtda tender savdolari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan keng miqyosli qayta tiklanuvchi energiya strategiyasi amalga oshirilib, uning doirasida yaqin 10 yil ichida 5 GVtgacha ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Strategiya elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘lib, 2020−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
2021-yildan O’zbekistonning yana 3 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi
Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlarida “Scaling Solar 3” loyihasi doirasida 500 MVt bo’lgan FES qurilishi rejalashtirilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 685
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 18:32 Ko‘chmas mulk
Toshkentda renovatsiya hududidagi mulkdorlar uchun kvartiralar banki tashkil etiladi
Undagi xonadonlar renovatsiya hududidagi uy-joy egalariga kompensatsiya sifatida yoki ijaraga beriladi.
Kecha, 17:29 Iqtisodiyot
Miroboddagi bolalar maydonchasi o‘rnidagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Al-Latif Hearts Tower korxonasining norasmiy rahbari sifatida ko‘rsatilayotgan shaxs ushlandi.
Kecha, 15:23 Biznes
O‘zbekistondagi xorijiy bigtex aylanmasi $100 mlndan oshdi — soliqlar deyarli ikki baravar ko‘paydi
Apple, Google, Meta, Valve va Anthropic raqamli xizmatlar orasida eng yirik xorijiy soliq to‘lovchilarga aylandi.
Kecha, 14:55 Biznes
Turkmanistondan O‘zbekistonga tijorat tashriflari deyarli 10 baravarga oshdi
Tojikiston, Rossiya va Turkiyadan kelganlar soni esa keskin kamaydi.
Kecha, 12:58 Ta'lim
Talabalar turar joyiga ariza qabuli boshlandi
Arizalar 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish avtomatik amalga oshiriladi.
Kecha, 12:46 Iqtisodiyot
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishni 2026-yilda yakunlashni rejalashtirmoqda — prezident vakili
JST kotibiyatiga O‘zbekistonning bozorga kirish bo‘yicha tuzgan 34 ta ikki tomonlama kelishuvidan 31 tasi taqdim etilgan.
31 iyul 2026, 21:56 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 20 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
31 iyul 2026, 21:35 Energetika
“Iltimos emas, talab qiling” — energetika vaziri biznesning elektr tarmoqlariga ulanishi haqida
Yangiyo‘l tumanida tadbirkorlar elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar olinishidan shikoyat qilishdi.