Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishchi guruhining Sergeli tumanida olib borgan o‘rganishlari natijasida 26-yanvar kuni “Qubayta” mahallasida ilk oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qo‘mita masʼullari ishtirokida Sergeli tumani, Sadiy ko‘chasi, 5−4 uyda joylashgan “Abbosxonovlar” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan oilaviy mehmon uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati xabar beradi.


Mazkur oilaviy mehmon uyi 5 xona va 10 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, xonadon sohibiga oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reyestridan ko‘chirma taqdim etildi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qaroriga asosan turizm faoliyati subyektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qator topshiriqlar ko‘rsatib o‘tilgan.