Air Lease Corporation kompaniyasi Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasiga ikkita oldin ishlatilgan samolyotlarni uzoq muddatga ijara berdi. Bu haqida AQSh kompaniyasining rasmiy sayti xabar berdi.

Samolyotlarni 2021-yilning mart oyida yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu o’zbek startap aviakompaniyasining dastlabki samolyotlari bo’ladi.

Qanot Sharq o’zini O’zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya sifatida ta’kidlaydi. U mahalliy aeroportlardan quyidagi yo’nalishlarga parvoz qiladi: Istanbul, Anqara (Turkiya), Dubay (BAA), Jidda, Madina (Saudiya Arabiston), Moskva, Sankt-Peterburg (Rossiya Federatsiyasi) va Olma-ota (Qozog'iston).

Milliy aviakompaniya yuk va yo’lovchi tashish sohasida ixtisoslashgan bo’lib, 1998 yilda ro’yxatdan o’tgan. 2003 — 2012 yillarda “O'zbekiston havo yo’llari"dan IL-76 samolyotlarini ijaraga olgan holda charter reyslarini amalga oshirgan.

Barcha IL-76 samolyotlarini Mudofaa vazirligiga o’tkazilganidan so’ng, kompaniyaning havo operatori sertifikati to’xtatildi. Prezident fuqarolik aviatsiyasi to’g’risidagi farmonni imzolagandan so’ng, kompaniya asoschilari uni mahalliy aviakompaniya maqomida tiklashga qaror qilishdi.

Ma’lumot uchun: Air Lease Corporation — Los Anjelesda joylashgan samolyotlarni ijaraga beruvchi yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya Nyu-York fond birjasida ro’yxatga olingan.