Iste’mol tovarlarining narxi qanday barqarorlashtiriladi

Ishlab chiqarish hajmini ta’minlash asosan ichki resurslar hisobidan amalga oshiriladi.

Bank depozitlariga sarmoya kiritish qanchalik to’g’ri. Mutaxassislar fikri

Bugungi kundan O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan barcha banklarda omonatlar saqlash imkoniyati mavjud. Investitsiya vositalari ichida bank depozitlarining afzallik va salbiy tomonlari haqida Spot mutaxassislar fikrini o’rgandi.

Shaxsiy tajriba: qanday qilib O’zbekistonlik talabalar Amerika universitetiga grant yutib olishi va magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkin

Xumoyun Axmadov AQSHning San-Francisco Universitetida magistratura boshqichida tahsil olayotgan talabalardan biri. U Spot bilan bo’lgan suhbatda O’zbekistondan Amerika Universitetiga o’qishga kirish jarayoni, yuzaga kelgan qiyinchiliklar va to’plagan tajribasi bilan bo’lishdi.

Hafta davomida dunyoda ro’y bergan yangiliklar:

  1. Amerika sudi Xiaomiga nisbatan cheklovlarni bir qismini bekor qildi. Kompaniya investitsiya va hamkorlikka qo’yilgan taqiqlarning butunlay olinishi uchun harakat qilmoqda.

  2. “SpaceX” orbitaga “Starlink"ning navbatdagi sputniklarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Orbitaga 60 ta sputnik joylashtirgani haqida kompaniya Twitterda xabar beradi.

  3. iPhone gadjetlarida Rossiya dasturiy ta’minoti o’rnatiladi. Apple Rossiyaning raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan qo’yilgan shartlarni qabul qildi.

  4. Xitoy hukumati “platformali” kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytiradi. Si Szinpin IT-gigantlar ustidan nazoratni kuchaytirish bo’yicha hukumat regulyatorlariga murojaat qildi.

  5. Wikipedia endi pullik bo’ladi. Google, Facebook kabi texnologik kompaniyalar endi undan foydalanishda pul to’lashadi.

  6. Samsung hamyonbop A72 va A52 flagmanlarini taqdim etdi. Qurilmalar Galaxy Buds Pro, Galaxy SmartTag va Galaxy Tab1 kabi vidjetlar bilan boyitilgan.

  7. Shotlandiyadagi orollardan biri sotuvga qo’yildi. Orol maydoni 4,5 gektarni tashkil etib, $110 000 ga savdoga chiqarilgan.

  8. Tayvanda Yaponiya restoranlari marketing tarmog’i nazorat ostidan chiqdi. Restoran tarmoqni rivojlantirish uchun “Losos” ismli insonlarga bepul sushi taqdim etishdi e’lon qildi. Natijada aholi ommaviy ism almashtirishni boshladi.