AQSH Mudofaa vazirligi Xiaomi va yana 8 ta Xitoy kompaniyasini harbiylar bilan aloqasi bor deya yanvar oyining o’rtalarida qora ro’yxatga kiritgan edi. Sanksiyalar amerikalik investorlar Xiaomi kompaniyasi aktivlarini 2021-yilning noyabriga qadar sotibni ko’zda tutadi.

Shundan so’ng, uning ishlab chiqarish ko’rsatkichlari 10 foizga pasayishi kuzatildi.

Fevral oyida Xiaomi AQSH hukumati ustidan sudga murojaat qildi. Uning mazmuni AQSH ning vakolatli hukumat organlari (Mudofaa va Moliya vazirligi) tomonidan kompaniyaning qora ro’yxatga kiritilishi va aksiyalar savdosining ta’qiqlanishiga norozilik kayfiyatini aks ettiradi.

O’zining sud da’vosida xitoylik texnika giganti Pentagonning qora ro’yxatini “konstitutsiyaga zid” deb ataydi va ro’yxatda bo’lish kompaniya biznesiga “muqarrar va tuzatib bo’lmaydigan zarar” keltirishini ta’kidlaydi.

12-mart kuni sud ma’muriyatning Xiaomi tomonidan mamlakatning milliy manfaatlariga tahdid solishi to’g’risidagi dalillarini noo’rin deb topdi. Natijada investorlar bilan bog’liq vaziyat barqarorlashdi. Endilikda, kompaniya investitsiya va hamkorlikka qo’yilgan taqiqlarning butunlay olinishi uchun harakat qilmoqda.