SpaceX orbitada Starlink global Internet tarmog’i uchun mikrosatellitlar guruhini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Bu haqida kompaniya Twitter orqali xabar beradi.

“60 ta Starlink sun’iy yo’ldoshini joylashtirish tasdiqlandi” — deb yozilgan xabarda.

Bu 2021-yil boshidan beri Falcon 9 raketa tashuvchisi bilan Starlinkning to’rtinchi muvaffaqiyatli uchirilishidir. Bu raketaning birinchi bosqichi uchun to’qqizinchi parvoz. Avvalgi uchirishlar kompaniya tomonidan 11 va 4 martda, shuningdek, 15-fevralda amalga oshirilgan.

SpaceX Starlink loyihasi doirasida global Internet tarmog’ini yaratish uchun jami 11 mingdan ziyod sun’iy yo’ldoshni uchirmoqchi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, kompaniya loyihaga $500 mln sarmoya jalb qilgan.

Global Internet tarmog’ini yaratishda Ilon Maskning raqibi Britaniyaning OneWeb loyihasi bo’lib, u hozirda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. U hozirda Rossiyaning raketa tashuvchisidan sun’iy yo’ldoshlarni uchirishni davom ettirmoqda. Amazon ham o’z sun’iy yo’ldosh interneti ustida ishlamoqda.

Avvalroq Spot, “SpaceX” birinchi bor “Starship” raketasini muvaffaqiyatli qo’ndirgani haqida ma’lumot bergan edi.