Joriy yilning 1-aprelidan boshlab Apple gadjetlariga majburiy ravishda mahalliy dasturlarni oldindan o’rnatish to’g’risidagi qonun shartlarini qabul qildi. Unga ko’ra, qurilmalar Rossiya Federatsiyasida ishga tushirilganda, mahalliy dasturlarni yuklab olishni taklif qiladi. Bu haqida “Ведомости” xabar beradi.

Kelishuvga vazirlik bilan bo’lgan muzokaralar jarayonida erishilgan.

Shartnomalarga ko’ra, Rossiyada sotib olingan Apple qurilmasini birinchi marta yoqsangiz, sozlash paytida foydalanuvchi dialog oynasini ko’radi, unda hukumat tomonidan tasdiqlangan ro’yxatdagi dasturlarni o’rnatish talab qilinadi. Ba’zi ilovalar oldidagi katakchalarni olib tashlash orqali o’rnatishni rad etish mumkin bo’ladi.

Apple ofisida ham bu xabar tasdiqlandi.

Ushbu dasturlar orasida brauzerlar, antivirus va xaritalash dasturlari, tezkor xabarchilar, pochta agentlari, Davlat xizmatlari ilovasi, Mir Pay to’lov tizimining ilovasi va boshqalar mavjud. Kerakli dasturlarning soni qurilmaning turiga qarab farq qiladi (ularning aksariyati Android smartfonlarida — 16 ta).

Yil boshida hukumat tomonidan tasdiqlangan majburiy ro’yxatga Yandex, Mail.ru Group, Kasperskiy laboratoriyasi, Rostelekom, Birinchi kanal va boshqa yirik rus internet-media kompaniyalari mahsulotlari kiritilgan.