Tahlil: To‘rtinchi sanoat inqilobi davrida O‘zbekiston uchun qanday imkoniyatlar mavjud
Bugungi kunda tahlilchilar o’z ilmiy ishlarida to’rtinchi sanoat inqilobi boshlanayotgani borasidagi fikrlarini ilgari surmoqdalar. Shunday ekan, navbatdagi inqilob nimasi bilan xarakterlanadi. Bu borada Spot, mutaxassisga murojaat qildi.
Avtomobil va ko’chmas mulk bozoridagi holat. Fevral 2021
Fevral oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab oshishi bilan birga avtotransport vositalari sotuvi ham o‘sdi.
Elektron tijorat o‘zini o‘zi band qiladiganlar faoliyat turlariga qo‘shilishi mumkin
DSQ elektron tijorat to’g’risidagi ishlab chiqilgan loyihaga o‘zini-o‘zi band qiluvchi shaxslarga elektron tijoratni amalga oshirish huquqini berish normasini kiritishga qaror qildi.
Hafta davomida ro’y bergan muhim yangiliklar:
- BAA kompaniyalari Telegramning eng yirik investorlariga aylandi. Bu Mubadala va Abu Dhabi Catalyst Partners bo’lib, bu haqida ular qo’shma bayonotda xabar berdi.
- Tesla elektromobillar sotib olishda bitkoindan foydalanishga ruxsat berdi. Hozirda bu imkoniyatdan faqat AQSH fuqarolari foydalanishlari mumkin.
- AQSH Rossiya nefti importini keskin oshirdi. Bloomberg nashrining xabar berishicha, neft importi 7 foizli rekord darajaga yetgan.
- Ant Group Alipaydan foydalanganlik uchun to’lov foizlarini oshirdi. Fintex kompaniyaning bu agressiv siyosati uning IPOdagi bahosini oshirishga yordam beradi.
- Suvaysh kanalining yopilishi dengiz yuk tashish narxlarining keskin ko’tarilishiga olib keldi. Xitoydan Yevropaga boruvchi yirik konteynerlar narxi 4-barobarga oshib $8000 ni tashkil qilmoqda.
- Tailandning Pxuket oroli 1-iyuldan boshlab emlangan turistlar uchun ochiladi. Tailand hukumati joriy yilda orolning 70% aholisini emlashni rejalashtirmoqda.
- “Одноклассники” o‘zining logotipi, desktop versiyasi va mobil ilovalarining dizaynini yangiladi. Eng katta o‘zgarishlar desktop versiyasiga kiritildi: ijtimoiy tarmoq logotipi yangi shriftda terildi va yuqorigi menyusining OK uchun an’anaviy bo‘lgan to‘q sariq rangi oq rangga o‘zgartirildi.
- Yandex Go Toshkentda bank kartalari orqali toʻlovni yoʻlga qo’ydi. Endilikda, milliy Uzcard va HUMO toʻlov tizimlari kartalari va xalqaro Visa va Mastercard kartalar yordamida ham toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.