Jak Ma tomonidan asos solingan fintex-kompaniya Ant Group banklarni to’lov xizmatining tranzaksiya to’lovlari ulushini oshirishga majbur qildi. Agressiv onlayn to’lovlardan olinadigan daromadning o’sishi, IPOdan umidvor bo’lgan startapning bahosini oshirishga yordam beradi deb yozadi Forbes.

Ba’zi banklar FTga xabar berishicha Alipaydan olinadigan komissiya foizini 80% gacha oshirishga rozilik berishgan.

Bir nechta kreditorlar Antni nafaqat bu yil, balki 2022-yilda ham komissiya ulushini ko’paytirishga majbur qilishganini ta’kidladilar.

“Ant Group kabi sherikdan ayrila olmaymiz. Kompaniya narxlar bo’yicha muzokalar olib borishda ustunlikka ega. Chunki Alipay bizning biznesimizni yanada kengaytirishga qodir. Menimcha rasmiylar bu borada biror ish ko’rishlari juda qiyin”, dedi moliyaviy texnologiyalar bo’yicha bankirlardan biri.

Savdogarlar har bir operatsiya uchun Alipay orqali komissiya to’laydilar. Bu foiz Ant Group, mijozning banki va Unionpay karta kompaniyasi o’rtasida bo’linadi. Endilikda, Ant Group kompaniyasining ushbu komissiyadagi ulushi ortadi,banklarning ulushi esa kamayadi, deb qayd etadi FT.

Avvalroq Spot, Xitoy hukamti Ant Group faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqanligi haqida xabar bergan edi. Buning natijasida u rejalashtirib kelayotgan IPO zarar ko’rdi va kompaniya bosh direktori o’z lavozimidan ketgan edi.