Xitoyning fintex kompaniyasi bo’lgan Ant group bosh direktori Saymon Hu o’z lavozimini tark etdi. Bu haqida manbalarga asoslanib Forbes xabar beradi.

Kompaniya Huning ishdan ketish to’grisidagi arizasini qabul qilgani aytilmoqda. Bu qarorga kelishda shaxsiy sabablar bor deya aytiladi. Ketishidan oldin Hu boshqaruv kengashining raisini vaqtinchalik bosh direktor lavozimiga qo’ygan. Kompaniya saytida bu o’zgarishlar allaqachon mavjud.

Kompaniyaning top-menejerlari va boshqaruvchilari orasida Saymon Huning ismi yo’q.

Hu 2005-yilda Alibabaga kelgan. Ungacha “China Construction Bank” (Xitoy qurilish banki)da ishlagan.

Top-menejer kompaniya uchun yangilik yaratib, Osiyodagi eng yirik bulutli biznesni qurishda va Amazondan o’tib ketishda yordam bergan. 2018-yil noyabrda Hu Ant Groupga prezident sifatida o’tdi va 2019-yil dekabriga kelib bosh direktor bo’ldi.

Avvalroq Spot, Xitoy hukumati Alibabaga katta miqdorda jarima solishni rejalashtirayotganligi haqida xabar bergan edi.