Xitoy hukumati onlayn kreditlash tizimini tartibga soluvchi qonunni qabul qilishdi. Unga ko’ra onlayn kreditlash platformalari agar kredit hamkor banklarning mablag’idan berilgan bo’lsa, uning 30 foizini qoplashi zarur deya belgilandi.

Bunday tizim bilan Ant Group shug’ullamin kelayotgan edi. Faqat kreditni qoplash miqdori 2 foiz edi. Financial Times mutaxassislarining fikriga ko’ra, bunday qonun kompaniya qiymatining tushishiga olib keladi.

Yaqin vaqt ichida Xitoyning bank va sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi komissiyasi tijorat banklarining texnologiya platformalari bilan birga onlayn kreditga ajratishi mumkin bo’lgan mablag' miqdorini aniqlab berishi kerak.

Yangi qonun 2022-yilda kuchga kiradi. FTning ta’kidlashicha, aynan shu qonun loyihasi 2020-yilda Ant Group ning IPO o’tkazishiga to’sqinlik qilgan.

“Qonun iste’molchilar uchun moliyaviy xarajatlarni ko’paytiradi va Antning eng tez rivojlanayotgan biznes segmentlaridan biriga kuchli zarba beradi. Bu esa uning yakuniy bahosini pasayishiga olib keladi” — deydi Pekin univesiteti moliya fani professori Maykl Pettis.

Avvalroq Spot, Ant Group kompaniyasining IPO o’tkazishi uchun shartlar va bunga Xitoy hukumatining munosabati haqida yozgan edi.