Alibaba biznes imperiyasining tarkibiga kiruvchi Ant Group fintech kompaniyasi, oxirgi ikki yil ichidagi muvaffaqiyatsiz IPO rejalaridan so’ng nihoyat bu imkoniyatga ega bo’ldi. Biroq, buning uchun Xitoy hokimiyati shartlariga ko’ra, Ant Group Alibabadan ajratilishi kerak.

Ant Group aksiyalarini IPO ga joylashtirish sharti — potensial qarz oluvchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi alohida xizmat kompaniyasiga aylanishi kerak bo’ladi. Unga ko’ra, bu bazada 1 mlrd ga yaqin profillar bo’lishi va qattiq tartib ostiga olinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Ant Groupning o’zi moliyaviy xoldingga aylantirilishi va Xitoy regulyatorlari nazorati ostida bo’lishi kerak.

Agar ajralib chiqish qisqa vaqt ichida sodir bo’lsa, fintech kompaniyasi o’zining IPOsini yaqin ikki yil ichida o’tkazishi mumkin, deyiladi Reuters manbalarida. Kompaniya uchun bu IPO 2020 yilning noyabridan keyingi ommaviy chiqishga ikkinchi urinish bo’ladi. Birinchi IPO da investorlardan 34,5 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilgan edi, ammo Alibabaga qarshi hukumat antimonopol tekshiruv boshlanishi bilan rejalarni zudlik bilan o’zgartirish talab etildi.

Eslatma: Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi.

Shundan so’ng Ant Group IPO o’tkazilishi bekor qilinib Jek Ma ommaga 2 oy davomida ko’rinish bermay qo’ygan edi.