Ilon Mask o’zining Twitterdagi sahifasida Tesla elektromobillari uchun birkoin orqali to’lov qabul qilishni boshlagani haqida xabar bergan. Bu haqida manbalarga asoslanib vc.ru ma’lumot beradi.

Hozirda bu imkoniyatdan faqat AQSH fuqarolari foydalanishlari mumkin. Yil oxiriga kelib esa bu xizmat barcha uchun ochiq bo’ladi.

“Tesla to’lovni qabul qilish uchun ochiq kodli ichki dasturiy ta’minotdan foydalanadi. Bitkoin kriptovalyuta sifatida qoladi va an’anaviy valyutaga konvertatsiya qilinmaydi”, deya qo’shimcha qildi Mask.

Tesla saytida to’lov funksiyasi hali ishga tushganicha yo’q.

Oldinroq Spot, Ilon Maskning yangi shahar yaratish haqidagi fikrlarini yoritgan edi.