“SpaceX” kompaniyasining asoschisi Ilon Mask Texasda yangi shahar qurishini e’lon qildi. Yangi shahar kompaniyaning kosmodromi joylashgan hududda barpo etiladi.

Shaharning nomi “Starbase” bo’lib, kompaning oldida joylashgan Boka Chika hududidan kattaroq bo’ladi. Boka Chika qishlog’ining o’zi “Starbza” nomiga o’zgartiriladi.

Qishloq joylashgan Kameron okrugi kompaniya vakili tomonidan nomini o’zgartirish haqidagi so’rov yuborilganligini tasdiqladilar, ammo jarayon ko’p vaqt talab qilishini ham ta’kidlab o’tishdi.

Hozirgi kunda qishloqda atigi 6 kishi doimiy yashamoqda, qolgan uylar yozgi uylar sifatida ishlatiladi. “SpaceX” u yerda 2014 yilda kosmodromini qurgan.

2020 yilda SpaceX qishlog’ida birlashgan “21-asr kosmodromi” ni yaratish hamda kosmik sayyohlar jo’nashidan oldin joylashadigan “kurort” qurishni rejalashtirayotgani ma’lum bo’ldi.

Avvalroq Spot Ilon Mask eng boy odamlar qatorida birinchi o’rnini yoqotgani haqida yozgan edi.