Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask bir kunda qariyb $14 mlrd yoqotdi. Bunga sabab uning kompaniyasining aksiyalarining narxi tushgani bo’ldi, deya xabar beriladi “Ndtv”.

Mask shu qatorda dunyoning eng boy odamlari qatoridagi birinchi o’rnini yo’qotib qoydi.

Teslaning aksiyalari tushib ketishining asosiy sabablaridan biri bu Ilon Maskning bitkoin haqidagi fikr bildirgani bo’lishi mumkin. 20 fevral kuni u o’z Twitterida kriptovalyutaning narxi baland ekanligini bildirdi. Ammo bundan 2 xafta oldin uning kompaniyasi $1,5 mlrd miqdorida bitkoin sotib olgan edi.

Ilonning tvitlari bitkoin va Tesla investorlarining fikriga yomon ta’sir qilib, narxlarni tushib ketishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.

Bunday holat oldin ham uchragan — Ilon Maskning Twitterdagi fikrlari uchun boshqa kompaniyalarni yoki aktivlarni narxi bir necha marotaba o’zgarganini kuzatish mumkin edi.

Avvalroq Spot Tesla bitkoinning narxiga qanday ta’sir qilganini yozgan edi.