Tailand hukumati 1-iyuldan boshlab Pxuket orolida karantinni bekor qiladi. Bu haqida manbalarga asoslanib VTimes xabar beradi. Bu sanagacha mamlakat hukumati orol aholisining 70%iga vaksina jo’natmoqchi.

Aslida turistlar uchun Tailand butun mamlakatni oktabr oyida ochishni rejlashtirgan. Pxuket oroli esa belgilangan sanadan 3 oy oldin ochiladi.

Orollar turistik assotsiatsiyasi prezidenti B. Ruktaengamning ta’kidlashicha, Pxuketning ochilishi davlatga $963 mln foyda olish kelishi mumkin. Ammo bunday muvaffaqiyatga erishishda muzokalardagi kelishuv, reyslarning qayta tiklanishi va vaksina pasporti masalalari muhim rol o’ynaydi.

Bloombergning xabar berichisha, Tailand koronavirusdan anchayin saqlanishga erishgan davlatlardan hisoblanadi. Zararlangan 28 577 kishidan 92 kishi vafot etgan.