2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlov natijalarini quyidagi 4 xil usulda bilish mumkin:

  • my.uzbmb.uz sayti orqali — pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali;
  • mandat.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyentning ID raqamini kiritish orqali;
  • Test natijalari qaydnomasi orqali — qaydnoma oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Shuningdek, Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

Qabul-2026

2026−2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul 5-iyundan boshlandi. Arizalar 25-iyungacha onlayb qabul qilindi.

Joriy yilda OTM va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun 677,9 ming nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 451,7 ming nafari joriy yil bitiruvchilari, 226,2 ming nafari esa avvalgi yillar bitiruvchilaridir.

Shuningdek, barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent testdan ozod etilib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. Imtihon uchun mamlakat bo‘yicha 64 ta yirik bino tayyorlanib, bir kunda qariyb 71 ming nafar abituriyentni qabul qilish imkoniyati yaratildi.

14-iyuldan boshlangan test sinovlarida qatnashishi belgilangan 664 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Imtihon qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa test jarayonidan chetlatildi.

Avvalroq Spot talabalar turar joyi uchun arizalar qabuli boshlangani haqida yozgandi. Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega yoshlar talabalar turar joyiga qabul qilinadi.